239 nafar olim Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga koronavirus böyiça bergan tavsiyalarini qayta körib çiqişini iltimos qilib maktub yöllaşdi. The New York Times naşrining xabar berişiça, ular virusning havoda qoluvçi mayda zarraçalar orqali yuqişi ahamiyatli ekanini tan olişga çaqirişgan.
JSSTda koronavirus aksariyat hollarda yötal yoki aksiriş vaqtida atrofga çiqadigan yirik tomçilar orqali tarqaladi, deb hisoblanadi. Bu tomçilar yetarliça tez yerga çökadi. Biroq maktub mualliflarining fikriça, havoda köproq vaqt qoluvçi mayda tomçilar ham xavfli hisoblanadi. Şu sababli olimlar koronavirus tarqalişini minimallaştiriş uçun JSSTni öz tavsiyalarini özgartirişga çaqirişmoqda.
Agar koronavirusning bunday yöl bilan yuqişi uning tarqalişidagi ahamiyatli omil deb tan olinsa, unda JSST tavsiyalarini qayta qörib çiqiş kerak böladi. Jumladan, xonalarni şamollatişga yondaşuvni qayta körib çiqiş, xonalarda niqoblarni taqişni majburiy qiliş, şifokorlarga esa mayda tomçilarni uşlab qoluvçi N95 respiratorlarini qöllaş lozim böladi.













