Özbekiston normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi – regulation.gov.uz portaliga sementni respublikaga soddalaştirilgan tartibda import qilişni nazarda tutuvçi prezident qarori loyihasi joylaştirilgan. 

Unda körinişiça, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Davlat bojxona qömitasi, “Özstandart” agentligi mazkur qaror loyihasining hammualliflari hisoblanadi. 

Prezident qarori loyihasi qabul qilingudek nimalar özgaradi?

Bojxona çegarasiga yetib kelgan sement “yaşil yölak” tizimi quyidagi tartiblardan birini qöllagan holda rasmiylaştirilişi mumkin:

Olib kirilayotgan sement namunasi import qiluvçi sub'yekt tomonidan ixtiyoriy ravişda sertifikat beruvçi idoraga beriladi. Uning sotilişi esa, ayni sertifikat olinganidan sönggina amalga oşiriladi; 

Sönggi 12 oyda berilgan sertifikat asosida olib kelingan sementni tekşiruvdan ötkaziş böyiça ariza “Yagona darça” bojxona axborot tizimida röyxatdan ötişi va sertifikatlaş idorasi tomonidan qabul qilinişi hamda şartnoma tuzilişi sementni sotişga asos böladi;

Avval tuzilgan şartnoma doirasida olib kirilayotgan sement davriy ravişda laboratoriya sinovlaridan ötkazib turiladi.

Bundan taşqari, qaror loyihasida belgilanişiça, laboratoriya sinovi natijalariga köra, talablarga nomuvofiq deb topilgan sement töğrisida bir kun muddatda xöjalik yurituvçi sub'yekt va tegişli davlat organlari xabardor qilinadi;

Şu bilan birga, yaroqsiz sement sotilgan bölsa, xöjalik yurituvçi sub'yekt mahsulot sotuvidan tuşgan tuşumni xaridorlarga qaytaradi. Xaridorlarni aniqlaş imkoni bölmasa, respublika budjetiga olib qöyiladi. 

Yaroqsiz sementni olib kirgan xöjalik yurituvçi sub'yekt olti oy davomida bu kabi mahsulotni olib kirişda bojxona “yaşil yölak” tizimidan foydalana olmaydi. 

Texnik sifatsiz sementni realizatsiya qiliş natijasida yuridik va jismoniy şaxslarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar, sementni import asosida olib kirgan xöjalik yurituvçi sub'yektlardan sud tartibida undiriladi. Şuningdek, olib kiruvçi sub'yektlarga bojxonada rasmiylaştiriş uçun taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan mahsulot qiymatining 25 foizi, uşbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qöllanilişi rejalaştirilmoqda. 

mahalliy işlab çiqaruvçilarga esa, sifatsiz sementni sotgan taqdirda sement töpining qiymatidan 25 foizi, uşbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qöllaniladi. 

sertifikatlaştiriş organi sementning muvofiqligini baholaş qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda, mazkur holat yuzasidan körsatilgan xizmat qiymatining 5 barobari va uşbu holat takroran aniqlanganida 10 barobari miqdorida uşbu sertifikatlaştiriş organiga jarima qöllaniladi, şuningdek olti oy mobaynida sementning muvofiqligini baholaşga yöl qöyilmasligi prezident qarorida belgilab qöyilgan.