AQŞ prezidenti aprel örtalaridan JSSTni moliyalaştirişni töxtatgandi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp kongressga mamlakatning Jahon soğliqni saqlaş taşkilotidan çiqişi töğrisida rasmiy xabarnoma jönatdi. Bu haqda senator-demokrat Bob Menendes ma'lum qildi.

"Bu amerikaliklarning hayoti va manfaatlarini himoya qilmaydi – bu Amerikani bemor va yolğiz qoldiradi", - deb yozdi senator Twitter sahifasida.

Tramp avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkilotini Xitoyga yetarliça çora körmaganlikda ayblab çiqqandi. Söngra esa JSSTga bundan buyon uşbu taşkilotni moliyaviy qöllab-quvvatlaşni töxtatib qöyiş bilan tahdid qildi.

30 may kuni AQŞ prezidenti mamlakat Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan barça aloqalarni uzişini e'lon qildi.

Tramp öz qarorini JSST Vaşington talab qilgan islohotlarni ötkazişdan boş tortgani bilan tuşuntirgan. Uning ta'kidlaşiça, AQŞ taşkilotga möljallangan 450 mln dollarni endi butun dunyo böylab soğliqni saqlaş bilan boğliq ehtiyojlarga yönaltiradi.

Uning ta'kidlaşiça, JSST koronavirusning butun dunyoga tarqalişiga yöl qöyib, “özining boş vazifasini uddalay olmagan va buning uçun javob berişi kerak”.

Şu sababli AQŞ prezidenti aprel örtalaridan JSSTni moliyalaştirişni töxtatgandi.