AQŞ prezidenti Donald Tramp agarda maktablar kelayotgan öquv yilida oçilmaydigan bölsa, ularni moliyalaştirişni qisqartirişini ma'lum qildi. U bu haqda özining Twitter-akkauntida yozdi.
"Agarda oçilmaydigan bölsa, moliyalaştiriş qisqartirilişi mumkin!" – deb yozdi AQŞ prezidenti.
U demokratlarni koronavirus pandemiyasidan siyosiy maqsadlarda foydalanişda aybladi.
"Demokratlar maktablarning noyabrdagi saylovlargaça oçilişi ular uçun siyosiy jihatdan yomon böladi deb öylamoqda, ammo bolalar va oilalar uçun bu muhim", - deb yozdi Tramp.
AQŞ prezidenti "Maktablar heç qanday muammolarsiz oçilgan Germaniya, Daniya, Norvegiya, Şvetsiya va boşqa davlatlar"ni misol qilib keltirdi.
AQŞdagi maktablar mart oyida yopilgandi. Ular yangi öquv yilida oçiladimi yoki masofaviy ta'lim davom etadimi, hozirça noma'lum.












