IESE biznes maktabining Cities in Motion Index (CIMI) hisobotiga köra, London, Nyu-York, Parij, Tokio, Reykyavik va Kopengagen dunyoning eng rivojlangan şaharlari deb topildi.
Röyxatga şuningdek, Berlin, Amsterdam, Singapur, Hongkong, Tsyurix, Oslo, Çikago, Stokgolm, Vaşington, Los-Anjyeles, Sidney, Vena, Seul va San-Fransisko kiritildi.
Karakas (Venesuela), Karaçi, Lohur (Pokiston), Lagos (Nigeriya), Duala (Kamerun), Kolkata (Hindiston), Qohira (Misr), Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni), Robot (Marokaş) va Manila (Filippin) röyxatning oxirgi satrlaridan joy oldi.
174ta şahar örin olgan röyxatga Markaziy Osiyodan faqat bitta şahar – Olmaota (Qozoğiston, 128-örin) kiritildi.
Reytingni tuzişda inson kapitali, ijtimoiy jipslik, iqtisodiy holat, ekologik holat, şaharni boşqariş tizimi, xalqaro oçiqlik, texnologiyalarning rivojlanganligi va boşqa jihatlar hisobga olingan.












