Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov pandemiya yuzasidan yana hamyurtlariga murojaat qildi. Jeenbekov bu bilan boğliq holda 30 iyunda ham qirğizistonliklarga yuzlangandi.
“Hamjihatlik, özaro kömak, birdamlik va yuqori darajadagi fuqarolik mas'uliyati evaziga bu kasallikni yengamiz”, deb mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yuzasidan öz murojaatini boşlagan Jeenbekov.
U Qirğiziston ham boşqa davlatlar kabi hozir qiyinçiliklar va pandemiya oqibatlarini boşdan ötkazayotganini aytgan. Mamlakat yangi tarixidagi eng murakkab davrni boşdan keçirmoqda va pandemiya xalqqa köp kulfat keltirgan.
“Kasallik tufayli önlab hamyurtlarimizni yöqotdik. Öz hayotini qirğiz davlatini rivojlantirişga, öz xalqi va mamlakatiga bağişlagan köplab taniqli şaxslar hayotdan köz yumdi. Oxiratlari obod bölsin! Yaqinlarini yöqotganlarga hamdardlik bildiramiz va ularning qayğulariga şerikmiz. Davolanayotganlarga tezroq soğayib ketişlarini tilab qolamiz”, deb öz sözlarini davom ettirgan Qirğiziston rahbari.
Prezident mamlakat hozirda xalq salomatligi uçun şafqatsiz kuraş vaziyatida qolayotganiga e'tibor qaratgan. “Bu kuraşning muvaffaqtiyati birdamlikka boğliq böladi. Bugungi kun qahramonlari bölgan şifokorlar xalq soğliğini asraş uçun öz hayotlarini tikib kun-u tun körinmas duşman bilan kuraş olib bormoqda. Ularning jasorati va fidokorligi oldida boş egaman va ularning bebaho mehnatlari uçun çuqur minnatdorlik bildiraman”, deb ta'kidlab ötgan Jeenbekov.
Qirğiziston prezidenti mamlakatdagi vaziyat uning va xavfsizlik kengaşining nazoratida ekanligini ta'kidlab ötgan.
“Barça davlatlarda xalqning hukumatga nisbatan talabçanligi oşmoqda. Bu tabiiy holdir. Bizda ham talablar va muayyan muammolar böyiça noroziliklar bildirilmoqda. Men barçasini körib turibman, tuşunaman. Bizda muammolar kam emas. Men ham, sizning har biringiz ham ularni iloji boriça tezroq hal bölişini istaymiz. Hozir özini oqlaş va bugungi kundagi köp narsalar avvalgi yillardagi xatolar natijasi ekanini, 30 yil davomida töplanib qolgan muammolar sababli paydo bölganini tuşuntirib ötirişning mavridi emas. Hozir aybdorlarni izlaşga vaqt yöq”, deb aytgan Qirğiziston yetakçisi öz murojaatida.
Uning ta'kidlaşiça, Qirğiziston boşiga tuşgan oğir sinov xalqni jipslaştirdi, birdamligini mustahkamladi. Tadbirkorlar, köngillilar va barça befarq bölmaganlar yordam körsatmoqda. Qirğiziston prezidenti barçani yanada jipsroq, birdamroq bölişga, özaro yordam berişga çaqirgan. U har bir fuqaro öz oilasi, öz farzandlari uçun javobgar ekanini ta'kidlab ötgan.
“Men xalq oldida mas'ulman. Yordamingiz va qöllab-quvvatlovingiz bilan bu balo ustidan ğalaba qozonamiz. Men sizlarga işonaman, hurmatli hamyurtlar. Biz bu oğir kunlarda birdamligimiz va hamjihatligimizni körsatdik. Sizning matonatingiz uçun minnatdorlik bildiraman. Barça fuqarolar körinmas duşmanga qarşi birlaşdi. Davlat va mahalliy hokimiyat organlari sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatladi. Uşbu kunlarda biz – hamjihat Qirğiziston xalqi tarixning bu oğir sinovini munosib yengib ötmoqdamiz. Biz birgalikda, Tangrining inoyati bilan va xalimiz inoqligi evaziga odamlarimizning hayoti va soğliği uçun bu oğir kuraşda ğalaba qozonamiz”, deb aytgan Jeenbekov.
Qirğiziston prezidenti aholi örtasida turli savollar paydo bölayotganiga ham e'tibor qaratgan. Ulardan biri – hukumat xorijdan, xalqaro moliya taşkilotlaridan tuşgan yordamni “öz çöntagiga urgani” haqidagi gaplardir. Jeenbekov hukumat bu masala böyiça barça ma'lumotni oçiq-oydin taqdim qilişiga va'da bergan.
“Hammaga ma'lum, men xalq mulki va davlat ğaznasiga köz olaytiradiganlarga nisbatan şafqatsizman. Şu sababli siz bilan birga mamlakatimizga kelib tuşayotgan yordamning maqsadsiz işlatilişiga yöl qöymaymiz”, deb ta'kidlab ötgan Qirğiziston rahbari.
“Biz davlat hokimiyati xizmat qiladigan kuçli xalqmiz. Xalqimizning öziga xos jihati – heç qaçon tuşkunlikka tuşmaslik va kelajakka işonç bilan boqiş, yaxşilikka işonişdir. Tangri umid va işonçni yöqotmaydiganlarni hamişa qöllab-quvvatlaydi. Tangri kömagi, xalqning hamjihatligi evaziga bu vaziyatdan munosib çiqamiz. Yerimizda doim tinçlik va osoyiştalik hukm sursin! Tangri sevimli Qirğizistonimizni öz panohida asrasin!”, deb öz sözlarini yakunlagan Sooronbay Jeenbekov.
Hozirgi kunda Qirğizistonda koronavirusga çalinganlar soni 8847 nafarni, undan vafot etganlar 116 nafarni taşkil qilmoqda, 3 mingdan köproq kişi soğayib ketgan. Sönggi sutkada kasallanganlar soni 287 nafarga köpaygan.













