Sobiq prezident avval umumiy hisobda 33 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 

Sud yangi qarorga köra, Pak Kin Xeni poraxörlik uçun 15 yilga va hokimiyatni suiiste'mol qiliş uçun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan va 15 mln jarima solgan.

2018 yilda sobiq prezident 16 ta band, jumladan korrupsiya, davlat sirini oşkor qiliş, hokimiyatni suiiste'mol qiliş, tamagirlik uçun 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq Pak Kin Xega qarşi yangi işlar körilib, uning jazo muddatiga yana 8 yil qöşib berilgan. 

Şuningdek, Pak Kin Xening dugonasi, heç qanday rasmiy lavozimni egallamay turib, mamlakatning içki va taşqi siyosatida muhim qarorlar qabul qilinişiga ta'sir körsatgan Çxve Sun Sil 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.