Özbekiston prezidentining «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oşiriş va mavjud resurslarni jalb etiş orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilği-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi» PQ–4779-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2020 yil 1 avgustdan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi işga tuşiriladigan quyoş, şamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1 MVtgaça bölgan mikro va kiçik GESlardan, şu jumladan öz ehtiyojlari uçun işlab çiqarilgan ortiqça elektr energiyasini kafolatlangan sotib oliş böyiça tarif sotiş, tarqatiş va yetkazib beriş xarajatlari çegirib taşlangan holda II tarif guruhi iste'molçilari darajasida belgilanadi.

Sanoat kölamidagi (1 MVt va undan ortiq) qayta tiklanuvçi energiya manbalari (GESlardan taşqari) sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş uçun potensial investorlarni aniqlaş şaffof auksion (tanlov) savdolari orqali amalga oşiriladi.

2020 yil 15 iyuldan 31 dekabrgaça:

750 kVAgaça bölgan quvvatda ulangan hamda qöşimça uçinçi smenani taşkil etgan mahsulot işlab çiqaruvçi va xizmat körsatuvçi iste'molçilar (DSQ tomonidan tasdiqlangan röyxat böyiça) uçun tungi davr — sutkaning qoronği davrida (yagona elektr energetika tizimining soat 22:00 dan 24:00 gaça va soat 00:00 dan 06:00 gaça bölgan minimal yuklamalar soatida) foydalanilgan elektr energiyasi böyiça hisob-kitoblarda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 barobar miqdorda kamaytiriş koeffitsiyenti qöllaniladi.

Yuridik şaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun oldindan tölov kiritiş töğrisidagi majburiy talabni 30 foizgaça kamaytiriş imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarga tatbiq etilmaydi.

Şuningdek, prezident qarori bilan 3,3 mlrd kVt*soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd kub metr tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejaşni nazarda tutuvçi, 2020–2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilği energetika resurslarini tejaşning maqsadli parametrlari, Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovçi korxonalarida energiya samaradorligini oşiriş va yoqilği-energetika resurslarini tejaş böyiça «yöl xaritasi», Yoqilği-energetika resurslari jami yillik iste'moli ikki ming tonnadan ortiq yoqilği yoki ming tonnadan ortiq motor yoqilğisi bölgan korxonalarni majburiy energetik tekşiruvi (energiya auditi) dan ötkazişning 2021–2022 yillarga möljallangan jadvali tasdiqlangan.

Budjetdan taşqari Tarmoqlararo energiyani tejaş taşkil etilişi möljallanmoqda. Jamğarma tuzilmasi va kuzatuv kengaşining tarkibi tasdiqlangan.