Mamlakat saylov qonunçiligiga köra, nomzod maqomini oliş uçun dastavval da'vogar kamida saylovçilarning 100 ming imzosini töplaşi kerak. Söngra, nomzodlikka rozilik berini sörab ariza yozadi, 2019 yilgi daromadi va mol-mulki haqida axborot hamda tarjimai holini taqdim etadi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Bu yilgi saylovlarda ayni bosqiçga 15 nafar da'vogardan 7 nafari yetib kelgan bölib, ular orasida ikki kişi hozirgi prezidentning muxolifi sanaladi. Kuzatuvçilar, aynan şu ikki nafar siyosatçi prezidentlikka nomzodlar sifatida röyxatga olinadimi, degan savolga javob bera olmayapti.
Bular Belgazprombankning sobiq rahbari Viktor Babariko i Yuqori texnologiyalar parki sobiq rahbari Valeriy Tsepkalodir.
Siyosatçilar röyxatga olingan paytdan boşlab tarğibot-taşviqot kampaniyasini olib borişlari mumkin.
Muddatidan avvalgi saylovlar 4-8 avgust kunlari bölib ötadi. Asosiy saylov kuni 9 avgust.
Bu safargi prezidentlik saylovlarida amalga davlat rahbari Aleksandr Lukaşenko 6 marotaba öz nomzodini qöyadi.












