Tixanovskaya 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi doirasida DW naşriga intervyu berdi.

«Mening murojaatim şunday: hozir diktatorlar bilan savdo qiliş vaqti emas», - dedi u.

«Humanitar yönaliş siyosiy tus olmasligi kerak»

Tixanovskaya AQŞ prezidentining maxsus vakili Jon Koulga Belarus qamoqxonalaridan yana 25 nafar siyosiy mahbusni ozod qiliş yölidagi saʼy-harakatlari uçun minnatdorlik bildirdi. Biroq bu jarayon Lukaşenkoni Belarus prezidenti sifatida tan olişga olib kelmasligi kerakligini aytdi.

«Humanitar yönaliş siyosiy tus olişiga, Lukaşenko Belarus prezidenti sifatida tan olinişiga yöl qöymaslik muhim. Çunki xalq uni qöllab-quvvatlamaydi. Hozir Lukaşenko bilan muloqot boşlaş vaqti emas, çunki u xalqaro maydonda yakkalanib qolgan. U nafaqat öz xalqini bostirmoqda, balki Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşda ham yordam bermoqda», - dedi Tixanovskaya.

Belarus muxolifati yetakçisi Donald Tramp maʼmuriyati Lukaşenkoga «haddan taşqari yon bermasdan» barça siyosiy mahbuslarni ozod qilişga erişa olişiga umid bildirdi.

«Ukrainaga yordam berar ekansiz, Belarusni unutmang»

Tixanovskaya Belarusdagi vaziyat butun mintaqa xavfsizligi bilan boğliq ekanini taʼkidladi. U demokratik davlatlarni Ukrainaga kömak beriş bilan birga, Belarus taqdirini ham eʼtibordan çetda qoldirmaslikka çaqirdi.

«Ukrainaga uruşda ğalaba qozonişi uçun zarur bölgan barça narsani beriş bilan birga, Belarusni ham nazardan qoçirmaslik kerak. Ukraina inqirozini hal qilişda Belarus omilini ham hisobga oling. Biz mamlakatimiz mustaqilligini yöqotişiga yöl qöya olmaymiz. Lukaşenko suverenitetimizni Rossiyaga sotmoqda va biz Belarusni qutqarişimiz kerak», - dedi u.

Tramp Belarus bilan yirik savdo bitimini eʼlon qilgan

DW xabariga köra, 21-sentabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Belarusdan kaliyli öğitlar sotib oliş böyiça yirik bitim tayyorlanayotganini maʼlum qilgan.

«Narx hozir Kanadaga tölayotganimizdan ança past böladi», - degan Tramp. U bölajak kelişuvni amerikalik fermerlar va çorvadorlar uçun «ajoyib yangilik» deb atagan.