Farğona şahridagi Qirguli mavzesida yaşab kelayotgan, Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligining harbiy qismlaridan birida xizmat qilayotgan kiçik serjant Farhodjon Nabijonov 2 odamning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Xizmat safaridan uyiga qaytib kelgan F.Nabijonov köçadan kelayotgan şovqin-suronni eşitib qoladi. Derazadan qarab, qöşni 17-uydan yonğin çiqayotganini, uy atrofiga yiğilgan odamlar sarosimada ekanini köradi va tezda öşa uy tomon oşiqadi.
Şunda bu uyning 25-xonadonida yonğin çiqqani, şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi qutqaruv guruhi çaqiruv böyiça voqea joyiga yetib kelgani, uyni elektr ta'minotini uzib, yonğinni öçirişga harakat qilayotgani ma'lum böladi.
F.Nabijonov zudlik bilan tutunga tölgan pod'yezddan yuqoriga kötarilib, yonğin çiqqan uy eşigini buzib, içkariga kiradi va çamasi 50-55 yoşlar atrofidagi huşsiz yotgan xonadon sohibini kötarib, xavfsiz joyga, uy taşqarisiga olib çiqadi.
Şu payt uyning 5-qavatidan qiz bolaning yiğisi eşitila boşlaydi. Uning onasi avvalroq dorixonaga çiqib ketgan edi. Qaytib kelgaç, qizining ovozini tanib, unga yordam berişlarini odamlardan iltimos qila boşlaydi. F.Nabijonov ayoldan uyning kalitini olib, zudlik bilan pod'yezdga kirib ketadi. Biroz vaqt ötgaç, qizçani kötarib tuşadi va onasiga topşiradi.
Kiçik serjant Farhodjon Nabijonovga körsatgan jasorati va 2 odamning hayotini saqlab qolgani uçun mahalla ahli, qolaversa, qutqaruv guruhi vakillari ham öz minnatdorçiligini bildirişdi, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.












