Poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanidagi “Oqqörğon” mahallasi böylab ötgan yöllar 20 yildirki ta'mirtalab. Asfalt yöllardagi nosozliklar avtomaşinalar harakati, maktabga borişda yölni kesib ötadigan öquvçilar qatnovi uçun noqulayliklar va xavf tuğdirardi.





Milliy tiklaniş demokratik partiyasi Xalq deputatlari Mirzo Uluğbek tumani Darxon okrugi deputati Muborak Yusupova mahalla ahlining bu maşaqqatini yengil qiliş uçun boş böldi. Deputatning taşabbusi va mahallaning bir neça tadbirkorlari saxovati bilan ularning şaxsiy mablağlari asosida yöllar ta'mirlandi. Maktab binosi, stadion va mahalla içidan ötgan yöllarning nosoz qismlari yangidan asfaltlandi.
Mahalla ahli yöllarning obod bölganidan xursand.





“Yillar davomida mahalla içidagi yöllarning nosozligi aholini xunob qilar, bolalar maktabga qatnaş uçun qiynalardi. Muborak Damirovna va bir qator tadbirkorlarimizning saxovati bilan yöllarning obod qilingani mahallaning körkiga körk qöşiş bilan birga, aholi qulayligi, maşinalar qatnovidagi xavfsizlik uçun ham zamin böldi”, - deydi “Oqqörğon” mahalla fuqarolar yiğini raisi Mahmud Abdullayev.












