Norvegiyada dafn byurolari ölimlar soni kamayib ketişi sababli vujudga kelgan inqirozni yengib ötiş uçun davlatdan yordam söramoqda. Mamlakatda koronavirusga qarşi kiritilgan çoralar şunçalik samarali bölganki, ular boşqa kasalliklardan ölim darajasiga ham ta'sir qilgan.
Natijada mamlakatda joriy may oyida 2019 yil may oyidagiga nisbatan 6 foiz, iyunda esa 13 foiz odam kamroq vafot etgan.
Dafn byurolaridan birining egasi Erik Landening ta'kidlaşiça, “kiritilgan çoralar şunçalik samarali bölganki, ular sababli odatdagi vaqtda vafot etib ketadigan keksa odamlar va kasalmand kişilar hamon yaşaşda davom etmoqda”. Uning aytişiça, dafn byurosining iş hajmi 3 martaga kamayib ketgan.
Bundan taşqari, pandemiya vaqtida marhumlarning yaqinlari dafn marosimlaridan tobora köproq voz keçmoqdalar, bu ham byurolarga moliyaviy tomondan ta'sir qilmoqda. Ulardan ba'zilari işçilari sonini kamaytirişga majbur bölmoqda.
Norvegiyada 12 martdan koronavirus tarqalişiga qarşi qat'iy çoralar kiritilib, maktablar, restoranlar, boşqa jamoat joylari yopilgan, sport va madaniy tadbirlar ötkazilişi taqiqlangan va çegaralar yopilgan. Pirovard natijada bu çoralar 5,4 mln.lik aholiga ega davlatda koronavirusga 9 mingdan köproq kişi çalinişiga olib kelgan. Ulardan 253 nafari vafot etgan. Ayni vaqtda bemorlarning deyarli barçasi soğayib ketgan.













