Birinçi ölim. Zangiotadagi şifoxonaga yotqizilgan yunusobodlik 55 yoşli bemor ötkir nafas, surunkali jigar-buyrak va öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etdi.

Yunusobod tumanida yaşovçi 55 yoşli Ş.A. (erkak) joriy yilning 12 iyul kuni 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasidan oğir ahvolda tez tibbiy yordam maşinasida Zangiota tuman köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib kelingan. Ahvoli öta oğirligi sababli bemor zudlik bilan reanimatsiya bölimiga yotqizilgan hamda sun'iy nafas oliş  apparatiga ulangan.

Unga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir nafas yetişmovçiligi bilan keçgan. Şuningdek, qandli diabet, surunkali buyrak yetişmovçiligi hamroh kasalliklari bilan ham oğrigan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
 
Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas, surunkali jigar-buyrak hamda öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etgan.

Ikkinçi ölim. Toşkentdagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan çilonzorlik 53 yoşli bemor ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi. 

Çilonzor tumanida yaşovçi 53 yoşli fuqaro Ş. A. (erkak) şu yilning  6 iyulida holsizlik, tana haroratining kötarilişi, yötal, boş oğriği, hansiraş paydo bölgaç, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan va bemorda Covid-19 tasdiqlangan. Şundan söng u Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida davolanişni boşlagan. 

Bemorga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar ötkazilgan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Bemorda, şuningdek, yurak işemik kasalligi, qandli diabet 2-turi, semizlik 2-3-darajasi borligi ham qayd etilgan.

Sönggi kunlarda  bemorning ahvoli yomonlaşgan, zudlik bilan öpka, yurak reanimatsiyasi amalga oşirilgan. Ötkazilgan muolajaga qaramasdan, yurak ritmi tiklanmagan va bemor ötkir yurak qon-tomir hamda nafas yetişmovçiligidan vafot etgan.

Uçinçi ölim. Toşkentdagi Ibn Sino nomli 1-sonli şahar klinik şifoxonasiga yotqizilgan gulistonlik 67 yoşli bemor (Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Adham Abdullayev) 14 iyul kuni ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi.

Guliston şahrida yaşovçi 67 yoşli fuqaro A.A. (erkak) tana haroratining kötarilişi, yötal, umumiy holsizlik sababli Covid-19 infeksiyasiga namuna topşirgan. 5 iyul kuni unda Covid-19 tasdiqlangan va şu kuni Toşkent şahridagi Ibn Sino nomli 1-sonli şahar klinik şifoxonasiga yotqizilgan.

12 iyul kuni ötkir nafas yetişmovçiligi hisobiga reanimatsiya bölimiga ötkazilgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar ötkazilgan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin oğirlaşib, mutaxassislar tomonidan töliq hajmda, standart asosida ötkazilgan reanimatsion çoralarlarga qaramay, bemor ikki tomonlama pnevmoniya oğir keçişi, ötkir nafas yetişmovçiligi, ötkir yurak qon-tomir yetişmovçiligi sababli vafot etdi.

Törtinçi ölim. Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan 42 yoşli bemor (Sergeli IIB FIO podpolkovnigi Abdulaziz Toşev) 12 iyul kuni vafot etgan.

Toşkent viloyatining Toşkent tumanida yaşovçi 42 yoşli fuqaro T. A. (erkak) şu yilning 29 iyundan 12 iyulga qadar Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik bölimida ötkir pankreatit, öt qopi jarrohlik yöli bilan olib taşlaş amaliyoti, gemoragik pankranekroz, oşqozon osti bezini drenajlaş taşxisi bilan davolangan. Şuningdek, bemordan Covid-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. 

Unga ötkir total yoğli pankreonekroz, ötkir xoletsistit, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Şuningdek, yurak işemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham oğrigan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion çoralarga qaramasdan, ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etgan.

15 iyul kuni Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boşqarmasining mas'ul xodimi Adhamjon Dehqonov 61 yoşida koronavirusdan vafot etgani xabar qilindi. Hozirça SSV bu ölim holatini rasman qayd etmagan.

Şu vaqtgaça Toşkent şahri va Toşkent viloyatida 49, Surxondaryoda 5, Buxoro va Namanganda 4, Jizzax, Samarqand va Navoiyda 3tadan, Farğona, Qaşqadaryo, Xorazm va Qoraqalpoğistonda bittadan ölim röy berdi. Hozirga qadar faqat Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagina virus qurbonlari qayd etilmadi.