15 iyul kuni Navoiy viloyati boşqarmasining mas'ul xodimi Adhamjon Dehqonov 61 yoşda vafot etdi. Agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning Kun.uz muxbiriga xabar berişiça, bu agentlik tizimida koronavirus bilan boğliq ilk ölim holatidir.
«Davlat xizmatlari agentligi jamoasi marhumning qarindoş va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi», – deyiladi agentlik axborot xizmati e'lon qilgan ta'ziyanomada.

Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan kun davomida e'lon qilib borilayotgan ma'lumotlarda mazkur ölim holati hozirça qayd etilmagan.
Kun.uz 15 iyul kuni öz manbasiga tayangan holda sönggi ikki kunda ikki nafar içki işlar organi xodimi koronavirus tufayli vafot etgani, bu pandemiya boşlangandan beri koronavirus sababli röy bergan uçinçi ölim holati ekani haqida xabar bergan edi. Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlarida içki işlar xodimlarining koronavirusdan vafot etgani qayd etilmagan.
Ma'lumot uçun, 15 iyul soat 21:30 holatiga köra Özbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida 69 kişi vafot etgan. SSV va uning huzuridagi ştab vakillari Özbekistonda koronavirusdan ölim holatlari böyiça ma'lumotlar yaşirilmayotganini, bundan manfaat yöqligini muntazam ta'kidlab kelmoqda.












