Içki işlar vazirligi Sergeli IIO FMB podpolkovnigi Abdulaziz Toşev 12 iyul kuni 42 yoşida vafot etgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati 16 iyul kuni xabar berdi.

«Içki işlar vazirligi rahbariyati va şaxsiy tarkibi Toşkent şahar Sergeli tumani böyiça IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalaş guruhi katta mutaxassis-muhandisi podpolkovnik Toşev Abdulaziz Abduvahoboviçning vafoti munosabati bilan marhumning qarindoş va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi», — deyiladi IIV matbuot xizmatit tomonidan 16 iyul kuni e'lon qilingan ta'ziyanomada.

Ma'lum qilinişiça, marhum boşqa kasallikdan davolaniş maqsadida kasalxonaga yotqizilgan, u davolaniş davomida koronavirusga ham test topşirgan va test musbat natija bergan.

Şu tariqa, Özbekistonda IIV xodimlari orasida koronavirusdan ölim holatlari 3 nafarni taşkil qilmoqda.

Bungaça 13-14 iyul kunlari Toşkent şahar IIBB xodimi, 36 yoşli mayor A.Ş va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölimi boşliği, 48 yoşli podpolkovnik Ş.N koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi. SSV bu ölim holatlarini 15 iyul kuni tasdiqladi. Hozirça Abdulaziz Toşevning ölimi vazirlik statistikasiga kiritilmagan.