Donald Trampning jiyani Meri Tramp tomonidan AQŞning amaldagi prezidenti haqida yozilgan «Juda köp va hamişa oz: mening oilam qanday qilib dunyodagi eng xavfli odamni yaratdi» («Too much and never enough: how my family created the world's most dangerous man») kitobi savdo rekordlarini örnatmoqda. Bu haqda CNN kitobni çop etayotgan «Simon and Schuster» naşriyotiga tayanib xabar bergan.

Manbada aytilişiça, 14 iyulda sotuvga çiqarilgan kitob birinçi kunning özida 950 ming nusxada sotilgan. Bu raqamlarda kitobning bosma, elektron va audio nusxalari savdosi hisobga olingan. «Simon and Schuster» naşriyot uyi bu körsatkiçni özi uçun rekord natija deb atagan.

Naşriyotga köra, Trampning jiyani yozgan kitob savdosi AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Bolton tomonidan yozilgan va avvalroq şu naşriyot tomonidan çop etilgan «Bu voqea sodir bölgan xona: Oq uy memuarlari» («The room where it happened: a White house memoir») xotira kitobiga tegişli rekordni yangilagan.

Bu kitobda Bolton Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi bölib işlagan davrida bölgan hodisalarni yozgan va kitobda Trampga boğliq xotiralarga katta joy ajratilgan. Boltonning kitobi çop etilgan ilk haftada 780 mingdan ortiq nusxada sotilgan edi.

Klinik psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega Meri Tramp öz kitobida AQŞ rahbari salbiy muhit hukmron bölgan oilada ulğayganini yozgan. Şuningdek, kitobda yozilişiça, oiladagi salbiy muhit ta'siri tufayli Donald Tramp qörs bölib ulğaygan.

Muallifning yozişiça, Tramp otasi undan norozi bölmasligi istagi bilan ösgan. Meri Tramp şuningdek, bölajak AQŞ prezidenti ulğaygan şaroit uni köplab hissiyotlardan mahrum qilgani va real hayotdan uzoqlaştirgani haqida yozgan.

Ma'lumot uçun, Amazon.com'da Meri Trampning kitobi 15 va 16,80 dollardan sotilmoqda. Kitobning audio formatini esa saytda bepul va röyxatdan ötmagan holda onlayn tinglaş mumkin.