Özbekiston Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta'sirini baholaş boşqarmasi boşliği bölib işlagan Sanjar Abduqodirov hayotdan köz yumdi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar qildi.
«Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi özining yetuk va tajribali mutaxassisidan ayrildi… Kimgadir aka, uka, döst va hamkasb bölgan yaqin qadrdonimiz biz sizni soğinamiz! Ilohim ohiratingiz obod bölsin!», deyiladi qömita xabarida.
Sanjar Abduqodirov 1980 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Namangan muhandislik iqtisodiyoti instituti va Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Köp yillar davomida Qimmatli qoğozlar bozori faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş, Davlat mulki qömitasi va Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasida işlagan.




