Boş vazirning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari Behzod Musayev koronavirusga qarşi kuraşayotgan tibbiyot xodimlari qöşimça tölovlarni olmayotgani bilan boğliq holatlar böyiça izoh berdi. Uning ma'lum qilişiça, şifokorlarning muammolarini eşitiş uçun alohida işonç telefoni liniyasi faoliyati yölga qöyiladi.
«Koronavirusga qarşi kuraşayotgan tibbiyot xodimlari har bir davolaş davri (14 kun) uçun qöşimça tölov hamşiralar 5 mln, kiçik vraç 15 mln, vraçlar 25 mln söm olişi belgilangan edi. Ammo ular qöşimça tölovni öz vaqtida olmayotgani böyiça qator e'tirozlar böldi.
Biz bu holatlarning tagiga yetdik – ayrim texnik işlar bor ekan. Koronavirusga qarşi kuraşda iştirok etgan heç bir tibbiyot xodimi tölovsiz qolmaydi. Tibbiyot xodimi istasa işni boşlaşdan avval tölovning 40 foizini oladigan, işini tugatgandan keyin mehnat haqini töliq qöliga olişini ta'minlaydigan tizim yaratiladi.
Şuningdek, xodim pulni plastik kartadan olişida muammolar bölmasligi uçun tölovni naqd pul körinişida beriş masalasi körilmoqda. Kassir, hisobçi işga çiqa olmay qolişi, karantin tufayli banklar bilan boğlana olmaslik holatlari bölmasligi ta'minlanadi. Buni özim nazoratga olaman.
Avvalambor hozirgaça işlagan, lekin tölovini ololmagan tibbiyot xodimlariga berilmay qolgan tölovlar amalga oşiriladi. Bu böyiça 71ta holat aniqlangan», dedi Behzod Musayev Xalqaro press-klubning koronavirus bilan boğliq vaziyat tahliliga bağişlangan sessiyasida.
Şuningdek, şifokorlarning muammolarini qabul qiliş uçun alohida işonç telefoni taşkil qilinişini aytib ötildi.
«Tibbiyot xodimlarining tölovlarni öz vaqtida ololmasligi bilan boğliq muammolarini qabul qiliş va hal qiliş tizimini taşkil qiliş uçun işonç telefoni taşkil etiladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













