Özbekistonda mehnat migratsiyasi tizimida katta tergov boşlangani xabar qilindi. Rasmiy axborotda aytilişiça, qonuniy tölovlardan taşqari Koreyaga ketuvçi har bir nomzoddan 7-12 ming dollardan pul olingan va qariyb 90 mln dollar mablağ özlaştirilgan.
Köp ötmay agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari Aziz Toştemirov firibgarlikda gumonlanib xalqaro qidiruvga berilgani maʼlum böldi.
Joriy yilning 11-iyunidan boşlab Toştemirov Koreyaga doir kundalik yangiliklar va “EPS Topik”ga oid xabarlarni berib boradigan “Koreya 24 soat” Telegram-kanali orqali Migratsiya agentligining sobiq va amaldagi rahbarlariga nisbatan “kompramat”larni eʼlon qila boşladi. Ular orasida qimmatbaho buyumlar talab qiliş, imtihonlarni soxtalaştiriş, firibgarlik hamda davlat mablağlarini özlaştirişga urinişga doir jiddiy ayblovlar, özaro yozişmalar, audioyozuvlar, qator rasmiy hujjatlar va xatlar bor.
Behzod Musayevga nisbatan ayblovlar
Aziz Toştemirovning asosiy nişoni Migratsiya agentligining amaldagi rahbari Behzod Musayev böldi. Unga aloqador postlarda asosiy eʼtibor özaro yozişmalar va qimmatbaho buyurtmalarga qaratildi.
Toştemirovning iddao qilişiça, agentlikning amaldagi rahbari undan premium toifadagi “marmar göşt”, qimmat kosmetika mahsulotlari, tiş pastalari hamda brend tovarlar yuborişni muntazam ravişda talab qilib kelgan. U topşiriq berilgani aks etgan qator skrinşotlarni eʼlon qildi.
Mojaroning yana bir şov-şuvli qismi Hyundai Palisade avtomobili bilan boğliq iddaolardir. Toştemirovning yozişiça, Musayev unga Koreyadan içiga maxsus divan örnatilgan qimmatbaho Hyundai Palisade avtomobilini sotib olişni buyuradi.
“Talablar borgan sari oşib bordi. Bir kuni Musayev maşinada ötirsa beli oğrib qolayotganini aytib, Koreyadan maxsus yotib ketişga möljallangan divanga ega Hyundai Palisade maşinasini yuborişimni buyurdi. Maşinani izladik, topdik, ammo tölovga kelganda «özing amalla» degan javobni oldim. Xullas 1 ta yangi Hyundai Palisade avtomaşinasini sotib oliş, uni Koreyada içlarini tyuning qilib, yotib ketişi uçun maxsus divan örnatiş va “rastamojka” xarajatlari bilan taxminan 150 ming dollar bölar ekan. Menda bunça pul yöqligini aytganimda, vakolatxona uçun mablağ sörab rasmiy xat yozişimni buyurdi. “Byudjetda 150 ming dollar pul bor, senga yuboraman, yeçib olib, maşinani menga yuborasan”, deya aytdi. Oxiri piçoq borib suyakka taqaldi. Prezident administratsiyasiga doklad qilişga majbur böldim”, deya yozgan Toştemirov özining Telegram-kanalida.
“Bu administratsiyaning topşiriği”
Toştemirovning sözlariga köra, Behzod Musayev unga köplab fuqarolarni EPS testlaridan ötkaziş böyiça topşiriqlar bergan. Uning taʼkidlaşiça, Musayevga “yöq” deb bölmasdi, şu sababli u taşqi tomondan topşiriqlarni bajarişga rozilik bildirib, amalda esa ularga qarşilik qilişga harakat qilgan.
“Köp ötmay Musayev aloqaga çiqib, “topşiriq Administratsiyadan kelyapti, nimaga qarşilik qilyapsan? Bajarmasang, na Koreyaga keta olasan, na Özbekistonda qolasan”, deb tazyiq ötkazar edi”, - deb yozadi Toştemirov. U bunga dalil sifatida audioxabarni ilova qilgan.
Ovoz Behzod Musayevga tegişli yoki yöqligi nomaʼlum.
Migratsiya agentligi nima deydi?
Muhokamalar markazida qolgan Migratsiya agentligi Aziz Toştemirov tomonidan tizim rahbariyati va xodimlariga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni asossiz deya baholadi.
Agentlikka köra, mazkur holatlar yuzasidan vakolatli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tekşiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruvlar yakunlari böyiça barça holatlarga huquqiy baho beriladi.
Şuningdek, şaxsiy maʼlumotlarni tarqatiş, şaʼn va qadr-qimmatga putur yetkazuvçi maʼlumotlarni eʼlon qiliş hamda jamoatçilikni çalğitişga qaratilgan harakatlar böyiça qonunçilikda belgilangan çoralar körilişi maʼlum qilingan.
Şaxsiy xizmatçilarga byudjetdan tölovlar
Yana bitta jiddiy ayblov Migratsiya agentligida amalda işlamagan xodimlar uçun oylik tölab kelingani bilan boğliq. Toştemirovga köra, Behzod Musayev rahbar bölib kelgaç, Ataxanov Nabi Agzamoviç va Djabarov Baxrom Saidaxmedoviç 2024-yilning noyabr oyida Migratsiya agentligiga haydovçi sifatida işga qabul qilingan. Uşbu xodimlardan biriga mart oyida 44,4 mln söm, ikkinçisiga esa 46,5 mln söm iş haqi hisoblangani keltiriladi.
Toştemirov uşbu maʼlumotlarni yozganidan köp ötmay, Boş prokuratura huzuridagi Departament Migratsiya agentligida 1 mlrd sömdan ortiq talon-torojliklar foş etilganini maʼlum qildi.
Departamentning Toşkent şahri boşqarmasi ötkazgan tergovga qadar tekşiruvda Migratsiya agentligining masʼul şaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A.ning amalda işlamagan davri uçun 931,6 mln sömni iş haqi sifatida tölab berib, byudjet mablağlarini rastrata yöli bilan talon-toroj qilganini aniqlagan. Bundan taşqari, intizomiy jazo çorasi qöllangan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksining talablariga zid ravişda 8 nafar xodimga 88,5 mln söm tölab berilgan.
Ayni keys yuzasidan hozirça Migratsiya agentligi rasmiy izoh bermadi.
Toştemirovning boyliklari
Behzod Musayev va uning rahbarligidagi taşkilotga nisbatan Aziz Toştemirov ilgari surib kelayotgan ayblovlarga şu hafta agentlik öz rasmiy saytida munosabat eʼlon qildi. Unda Toştemirov agentlikda işlagan davrida qarindoşlarining nomiga umumiy qiymati 1,5 mln dollarlik 7 ta köçmas mulk sotib olgani aytilgan va u davlat xizmatçisi sifatida bunça pulni qayerdan olgani söroq ostiga olingan.
Aziz Toştemirov 2020–2025-yillarda Migratsiya agentligi tizimida turli lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan va bu davrda uning oylik iş haqi, jami 1 mlrd 833 mln söm (yoki 153 ming AQŞ dollari)ni taşkil qilgan. Korrupsiyaga qarşi kuraş doirasida ötkazilgan tekşiruvlarda Toştemirovning qonuniy daromadlari hamda oçiq manbalardagi maʼlumotlarga köra, özi va yaqinlari nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulklar qiymati örtasida sezilarli tafovut mavjudligi aniqlangan.
2023-2025 yillar davomida Aziz Toştemirov özi va yaqin qarindoşlari nomiga kamida 7 ta yirik köçmas mulk obyektini xarid qilgan. Masalan, Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi eng qimmat obyektlardan biri bölgan “Piramit Tower” turar joy majmuasidan 2025-yilda bir emas, 2 ta, bittasi 110 kvadrat metr va ikkinçisi 50 kvadrat metr bölgan xonadonlar sotib olingan. Şuningdek, 2024-yilda yer maydoni 1200 kvadrat metr bölgan Andijon viloyatining Uluğnor tumani, Obod mahallasidagi hovli-joy, qolaversa, 2023-yilning özida birgina Toşkent şahrining Çilonzor tumanida 4 ta kvartirani rasmiylaştirgan. Yuqorida sanab ötilgan köçmas mulk obyektlarining umumiy qiymati kamida 1 mln 500 ming AQŞ dollari (yoki 19 mlrd söm)ni taşkil etadi”, deyiladi agentlik bayonotida.
Qöşimça qilinişiça, 2022–2025-yillar davomida Koreyaga işga yuboriş jarayonlaridagi ehtimoliy qonunbuzilişlar va noxolisliklar yuzasidan Migratsiya agentligiga mingga yaqin murojaat kelib tuşgan. Ularning maʼlum qismida bevosita Aziz Toştemirov faoliyatiga oid holatlar bayon etilgan.
Bunga javoban, Toştemirov agentlik matbuot kotibiga bir oyda 126 mln sömgaça, boş buxgalter va kadrlar bölimi boşliğiga esa 100 mln sömgaça oylik tölangani haqidagi iddaolar bilan çiqiş qildi.
Eslatib ötamiz, Aziz Toştemirov ismi Kun.uz’ning 2023-yilgi suriştiruvlaridan birida tilga olingan edi. Videotasvirlarda körinişiça, u Koreyaga işlaş uçun boriş istagidagi özbekistonliklarni saralab oliş jarayonida öz tanişlarini boşqalarning örniga imtihonga kiritgan bölişi mumkin.
Maʼlumot uçun, Behzod Musayev 2022-yil dekabrdan 2024-yilning sentabrigaça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri bölgan.
2024-yilning sentabrida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlanadi. Şu yilning oktabr oyida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, uning örnida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi taşkil etilgandi. Musayev tugatilgan agentlik rahbari lavozimidan yangi taşkil etilgan taşkilot rahbarligiga ötkazilgandi.
“Koreya işi” böyiça sud
29-iyul kuni jinoyat işlari böyiça Bektemir tumani sudida Özbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga işga yuborişni taşkil etişdagi ehtimoliy qonunbuzilişlar bilan boğliq jinoyat işini körib çiqiş boşlandi. Iş böyiça 4 nafar sobiq davlat amaldorlari Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandlari (pora oliş), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), şuningdek, 301-moddasi 1-qismi (hokimiyatni suiisteʼmol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi) bilan sudlanmoqda.











