Nizomga köra, ijod maktablarida ta’lim-tarbiya jarayoni 7–11-sinflarda amalga oşiriladi. Şu bilan birga, sinflar töldirilişiga oid talab ham belgilanib, bir sinfda 20 nafardan ortiq öquvçi bölişiga yöl qöyilmaydi.

Ta’lim jarayoni 5 kunlik öquv haftasi asosida taşkil etilişi közda tutilgan. Biroq ijod maktabi Pedagogik kengaşining qaroriga köra, zaruratdan kelib çiqib 6 kunlik öquv haftasiga ötiş mumkin.

Qaror bilan ijod maktablari bitiruvçilariga davlat namunasidagi ta’lim töğrisidagi hujjat berilişi qayd etildi. Şuningdek, öquvçilar Agentlik tomonidan tasdiqlangan öquv rejasidagi fanlardan yillik summativ baholaşdan muvaffaqiyatli ötganda, ijod maktabi direktorining buyruği bilan keyingi sinfga ötkazilişi belgilandi.