Qarorga köra, 2024/2025 öquv yilidan Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida: 

- ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatçilik örtasida obro‘-e’tibor qozongan adiblar va jamoat arboblari iştirokida mahorat darslari ötkaziladi;

- “Yoş tarjimonlar” klubi faoliyati yölga qöyiladi;

- “Matnşunoslik” darsi taşkil etiladi;

- har yili 2 marotaba öquvçilarning “Ijod boğidan guldasta” nomli töplamlarini naşr etiş amaliyoti yölga qöyiladi;

- “Tasviriy san’at va çizmaçilik” fani negizida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

- 7–9-sinflarning “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari örgatiladi. 

2024/2025 öquv yilidan umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilari örtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoşlarni saralaşga qaratilgan körik-tanlov ötkaziladi. 

Har yili:

- “Mening birinçi kitobim” loyihasi doirasida har bir ijod maktabidan kamida ikki nafar öquvçining ijodiy işlar töplami naşr etiladi;

- an’anaviy “Zomin seminari”da har bir ijod maktabidan kamida 5 nafardan ijodkor öquvçilarning iştiroki ta’minlanadi. 

Har bir ijod maktabi “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jilddan iborat kitoblar majmuasi bilan ta’minlanadi. 

Ijod maktablari oliy ta’lim muassasalari va Özbekistonning xorijiy davlatlardagi elçixonalariga biriktiriladi.