Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Özbekistonda jami 43 trln sömlik quriliş işlari bajarilib, ösiş sur'ati 2019 yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan 7,3 foizni taşkil etdi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2020 yilning 1 iyul holatiga quriliş sohasida korxona va taşkilotlar soni 38,7 mingtani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 mingtaga oşdi.
Jami quriliş sohasidagi korxona va taşkilotlar soni köpayişining asosiy omili bu bino va inşootlar quriş işlarining ötgan yilga nisbatan 12,0 foizga (jami qurilişdagi uluşi 58,0 foiz), fuqarolik obektlarini quriş 31,3 foizga (jami qurilişdagi uluşi 9,6 foiz), ixtisoslaştirilgan quriliş işlarining 31,6 foizga (jami qurilişdagi uluşi 32,4 foiz) ösişidir.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida, jami quriliş işlari hajmi tarkibida yirik quriliş taşkilotlari tomonidan bajarilgan quriliş işlari hajmi 12,4 trln sömni taşkil etdi. Quriliş işlari 2019- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 32,4 foizga köp bajarilgan bölib, jami quriliş işlari hajmidagi uluşi 2019 yilning mos davridagi körsatkiç darajasidan 5,5 foiz punktga köpayib, 29,0 foizni taşkil etdi.
Kiçik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan quriliş işlari hajmi 2020 yilning yanvar-iyun oylarida quriliş işlarini bajargan boşqa taşkilotlarga nisbatan oşganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami quriliş işlari hajmining 54,8 foizi töğri kelib, 2019 yilning yanvar-iyun oylari körsatkiçiga nisbatan 1,2 foiz punktga kamaydi. Şuningdek, ular hissasiga töğri kelgan quriliş işlari hajmi 2019 yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizni taşkil etgan holda 23,5 trln söm miqdorida qayd etildi.









