Kun.uz «Imarat Development» atrofidagi voqealar misolida inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov va bloger Umid Ğofurov bilan quriliş bozoridagi nazoratsizlik, işlamayotgan eskrou tizimi, xaridorlarning himoyasi, davlat idoralarining javobgarligi va reklama qilayotgan taniqli şaxslarning masʼuliyati haqida suhbatlaşdi.
«Quriliş vazirligi öz vazifalarini bajara olmayapti»
Abdurahmon Taşanov:
- Bu yerda kasallik yangi, lekin uning sabablari eski. Hukumat tarkibida Quriliş vazirligi degan katta taşkilot bor, uni taʼminlaş uçun katta mablağ ajratiladi. Ammo vazirlik ham, Vazirlar Mahkamasining şu soha uçun masʼul tuzilmalari ham öz vazifalarini bajara olmayapti.
Bundan uç-tört yil oldin ham bu masala kötarilgan, öşanda prezident aralaşib, alohida farmon çiqargandi. 2025-yil 27-yanvardagi farmonda 2025-yil 1-iyuldan boşlab uluş kiritiş asosidagi qurilişlarda eskrou tizimiga ötiş ixtiyoriy, 2026-yil 1-yanvardan esa majburiy deb belgilangan edi. 2027-yil kelyapti hamki, masala hamon töliq hal etilgani yöq.
Farmon ijrosi uçun masʼul bölgan Quriliş vazirligi va boşqa idoralar bu vazifani bajara olmayapti. Natijada bozor nazoratsiz qolmoqda. Unda çayqovçilar ham, ularning jabrlanuvçilari ham bor.
Isteʼmolçilar huquqi bilan boğliq masala deyarli heç kimni taşvişlantirayotgani yöq. Orada Imarat'ga öxşagan kattaroq baliqlar törga tuşib qoladigan bölsa, jamoatçilik örtasida bir şov-şuv böladi, keyin ob-havoga, yoki sanʼatkorlarning şaxsiy hayoti muhokamasiga ötib ketamiz. Vaholanki, eskrou tizimiga ötişning huquqiy asosi bor – farmon imzolangan, lekin uni amalga oşiradigan vakolatli organning masʼuliyati va işi aniq körinmayapti.
«Xaridorning puli quruvçining çöntagiga töğridan töğri tuşmasligi kerak»
Umid Ğofurov:
- Eng asosiy muammolardan biri hali qurilmagan uylarni sotiş va xaridorlarning puli himoyasiz qolayotgani. Imarat misolida ham, boşqa holatlarda ham bu muammolarni köriş mumkin. Men bu haqda adaşmasam olti yildan beri gapirib kelyapman. Köp vaziyatlarda quriliş texnik talablarga javob bermaydigan holatlar bor. Reklamani şunday çiroyli qilişadiki, körsangiz, göyo Dubayda yaşaydigandek tasavvur paydo böladi. Quriliş bitgandan keyin reklamaga va tayyor uyga qaraysiz, bir-biriga töğri kelmaydi. Masalan, quriliş loyihasini şartnomaga ilova qiliş kerak. Uy aynan şu loyiha böyiça qurilişi şart.
Men bu masala böyiça bir neça marta Quriliş inspeksiyasiga ham borganman. Ular nima deganini bilasizmi? Qonun böyiça binolarning taşqi körinişi 30 foizgaça özgarişi mumkin ekan. Bu normal holat emiş. Qanaqasiga? Unda mening pulimning ham 30 foizini qaytarib berişsin. Demak, 30 foizgaça sifatsizroq, xunukroq, çala qurilgan bölişi mumkinmi?
Quruvçi yerosti va yer usti avtoturargohlari, bolalar maydonçalari, oçiq hududlar haqida vaʼdalar beradi. Imarat reklamalarini ham körsangiz, qança vaʼdalar berilgan. Odamlar şunga işonadi. Lekin buni nazorat qiliş davlatning qölida. Buning uçun, avvalo, şartnomalardan boşlaş kerak.
Quriliş vazirligining saytida şartnoma böyiça namunaviy tavsiyalar bor. Lekin u tavsiyaviy bölganidan keyin heç kim unga amal qilmaydi. Davlat minimal talablarni belgilaşi kerak: şartnomada qanday şartlar bölişi, penya miqdori qança bölişi kerak – bular aniq belgilanişi lozim.
Eng asosiysi, xaridorning puli töğridan töğri uning çöntagidan quruvçining çöntagiga ötmasligi kerak. Tölov bölak-bölak qilinsinmi yoki yaxlitmi, farqi yöq. Pul himoyalangan hisobda turişi kerak. Çunki quruvçi pulni olgandan keyin öz manfaatidan kelib çiqib hisob-kitob qilişi mumkin. Masalan, hozir xaridorga pulini qaytarmasa, uyni bitkazişni biroz çözsa, keyin pulni qaytarib, öşa uyni qimmatroq narxda sotsa, köproq foyda olişini öylaşi mumkin. Amaliyotda şunday sxemalar ham bor. Yaʼni uyni vaqtida quriş imkoni bölsa ham, narxni oşiriş uçun jarayonni çöziş holatlari uçraşi mumkin.
Bu yerda davlatning nazorat qiliş imkoniyati bor. Quriliş vazirligida qança odam işlaydi? Ularning vazifasi şunday jarayonlarni nazorat qiliş emasmi? Eskrou hisoblari haqida köp gapirilyapti, lekin amaliyotga tatbiq etilmayapti. Oddiy maşina sotib olişda ham, ikkilamçi uy-joy bozorida ham eskrou hisoblari işlayapti, ammo birlamçi bozorda işlamayapti.
«Muammo faqat quruvçida emas, butun tizimda»
Abdurahmon Taşanov:
- Bu yerda gap davlatning quriliş sohasidagi siyosatida kamçilik borligi haqida ketyapti. Hozir biz muammoning atrofini aylanib ötyapmiz. Aslida esa asosiy masala – qonunlarni yaxlit ijro etadigan tizimning özi yöqligida. Masalan, bu sohadagi siyosatni kim olib borişi kerak? Buning özi çalkaş.
Ikkinçi masala – yuqorida nazorat bölmaganidan keyin quyida korrupsiya uçun şaroit paydo böladi. Korrupsiya degani faqat pora oliş emas. U – uyuşgan qonunbuzarlik holati hamdir. Hozir ğazabimizni köproq quruvçilarga qaratyapmiz. Lekin aslida ularning özlari ham şu tizimning jabrdiydalaridan biri bölişi mumkin. Masalan, bozorga yangi kirib kelgan ayrim kompaniyalar tört-beş yildan beri hujjat oliş uçun sarson bölib yuribdi. Uylari bitgan, odamlar yaşayapti, ammo kerakli hujjatlari çiqmayapti. Ayni paytda bozorda katta imkoniyatlarga ega, tanilgan quruvçilar bor – ularning işini töxtatişga yoki litsenziyasini bekor qilişga heç kimning kuçi yetmayotgandek.
Ayrimlar hozir odamlarga uy sotib olmaslikni maslahat beryapti. Lekin bu yeçim emas. Odamlarga uy kerak. Kimdir öğlini uylantirmoqçi, kimdir qizini uzatmoqçi, kimdir oilasi bilan alohida yaşaşni istaydi. Aholi köpayyapti, urbanizatsiya jarayoni ketyapti. Uy-joyga ehtiyoj bor ekan, hukumat bu sohada işlaşi kerak. Hukumatni işlatiş uçun esa parlament bor. Parlamentda fraksiya rahbarlari ham oylik oladi, ular faqat hujjatlarga imzo qöyiş bilan çeklanmasdan, şu muammolarni kötarişi kerak. Quriliş vazirligini çaqirib, «Nega bu sohadagi holat şu darajaga kelib qoldi? Nega nazorat qilmadingiz?» deb söraşi kerak.
Şunday quruvçilar borki, ularning oldiga quriliş vazirining özi ham kira olmaydi, ofisining eşigini taqqillata olmaydi, degan gaplar yuradi. Bu ham tizimdagi muammolardan dalolat beradi.
«Qamoqni ham biznes xarajati sifatida hisoblaydiganlar bor»
Umid Ğofurov:
- Ayrim quruvçilar uçun jinoiy javobgarlik ham tösiq bölmay qolyapti. Çunki ular qurilişni boşlaşdan oldinoq qança pul yiğişi, qançasini turli xarajatlarga sarflaşi va hatto qamoq jazosini ötab çiqqandan keyin ham qança mablağ özida qolişini hisoblab qöyişi mumkin. Mulkni öz nomiga emas, yaqinlarining nomiga rasmiylaştiriş orqali javobgarlikdan qoçiş ehtimoli ham bor.
Tasavvur qiling, bir tadbirkor qurilişni boşlab, odamlardan millionlab dollar yiğadi. Keyin loyiha bajarilmaydi, xaridorlar uysiz va pulisiz qoladi. Tadbirkor esa jazoni ötab çiqişni ham oldindan hisob-kitobining bir qismi sifatida köradi. Bu açinarli, hatto kulgili tuyuladigan holat. Ammo aslida juda jiddiy muammo: agar qonunbuzarlikdan olinadigan foyda jazo xavfidan ustun bölsa, jazoning özi bunday holatlarni töxtata olmaydi.
Şuning uçun faqat ayrim quruvçilarni jazolaş bilan çeklanib bölmaydi. Qonunbuzarlik orqali boylik orttiriş va javobgarlikdan qoçiş imkonini berayotgan tizim özgarişi kerak. Bölmasa, bir tadbirkor jazolanadi, uning örniga boşqasi keladi, xaridorlar esa yana öşa muammoga duç kelaveradi.
Suhbatda, şuningdek, yangi qurilişlarning eski kommunikatsiyalarga ulanişi, binolarning zilzilabardoşligi ustidan mustaqil nazorat, blogerlarning quriliş kompaniyalari reklamasidagi masʼuliyati va parlamentning bu boradagi nazorat vazifasi haqida ham fikr yuritildi. Batafsil Kun.uz YouTube kanalida, körsatuvning töliq versiyasida tomoşa qilişingiz mumkin.











