Ukrainaning Lutsk şahrida portlovçi modda va öqotar quroli bölgan erkak içida yölovçilari bölgan avtobusni garovga oldi. Bu haqda Volin oblasti politsiyasi xabar berdi.
Politsiyaning ma'lumot berişiça, avtobusda 20ga yaqin yölovçi bor.
Fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş maqsadida şahar markazi örab olingan.
Volin oblasti politsiyasi rahbari Yuriy Kroşkoning ma'lum qilişiça, hozirça jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq.
Xabar qilinişiça, yölovçilarni garovga olgan şaxs ijtimoiy tarmoqda öz talablarini e'lon qilgan.
U Ukrainaning birinçi şaxslari kamera oldida özlarining «qonundagi terrorçi» ekanliklarini aytişlarini talab qilgan. Bu yerda gap xususan, içki işlar vaziri Arsen Avakov va sobiq davlat rahbari Pyotr Poroşenko haqida bormoqda.
Prezident Zelenskiydan esa ijtimoiy tarmoqqa «2005 yilgi "Yerliklar" filmini hamma körsin» degan bayonotni joylaştirişni talab qilgan. Qayd etilişiça, uşbu hujjatli film jonivorlarning insonlar tomonidan ekspluatatsiya qilinişi töğrisida.
Hozirda uning şaxsi aniqlanmoqda.












