Bugun, 23 iyul kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari Islom Jasimov tomonidan tadbirkorlar faoliyati bilan boğliq vaziyat haqida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilda 69 ming tadbirkorlik sube'kti pandemiya bilan boğliq bölmagan tarzda öz faoliyatini töxtatgan. Savdo-sanoat palatasi oldiga joriy yilning 9 oy yakuniga köra, ularning 70 foizi faoliyatini qayta tiklaş vazifasi qöyilgan.

«Bu tadbirkorlik sub'yektlarining nima sababdan faoliyati töxtagani örganilganda 2ta asosiy muammo aniqlandi. Yangi korxonalar faoliyatining ilk 2-3 oylik davrida davlat tomonidan belgilangan imtiyozlar va kömaklardan foydalanmasa, tegişli organlar ularga yordam bermasa, tadbirkorlik sub'yektlari öz işini töxtatyapti. Ötgan yilning özida endi taşkil etilgan 23 ming tadbirkor öz faoliyatini töxtatgan. Bu birinçi muammo hisoblanadi.

Hozir tadbirkorlik sub'yektini taşkil qiliş qiyin emas: ularni yarim soatda qayd etiş mumkin. Lekin doimiy faoliyat yuritiş qiyin hisoblanadi. Agar tadbirkorda biznes yuritiş bilan boğliq yetarli bilim bölmasa, u faoliyatini davom ettirişga qiynalişi mumkin. Bu keyingi asosiy muammodir», deya ma'lumot berdi Islom Jasimov.

SSP vakili palata tadbirkorlarni biznes asoslari böyiça öqitib borişni yölga qöygani va joriy yilda 11 mingdan ortiq fuqaro va tadbirkor öqitilgani haqida ma'lumot berdi.