Bugun Qoraqalpoğistonda 1, Surxondaryo viloyatida 1 va Toşkent şahrida 1 ölim holati qayd etildi.

Birinçi ölim. 3 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan nukuslik 42 yoşli bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida yaşovçi 42 yoşli B.D.da (erkak) joriy yil 3 iyul kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpoğiston Respublikasi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.
 
Unga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir nafas yetişmovçiligi, ötkir respirator distress sindromi, ötkir yurak qon-tomir yetişmovçiligi, poliorgan yetişmovçiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan keçgan.
 
Şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan. 

Ikkinçi ölim. 18 iyul kuni Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan 80 yoşli bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi.

Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida yaşagan 80 yoşli V.X. (ayol)da joriy yil 18 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va u Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. 

Unga Covid-19 infeksiyasining öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir nafas yetişmovçiligi, ötkir respirator distress sindromi, ötkir yurak qon-tomir yetişmovçiligi asoratlari bilan keçgan.

Şuningdek, bemor yurak işemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham oğrigan.

Şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

Uçinçi ölim. 12 iyul kuni Surxondaryo viloyati köp tarmoqli tibbiyot markaziga yotqizilgan termizlik 40 yoşli bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi hamda öpka şişidan vafot etdi.