Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma'lum bo‘ldi
Aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 916 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 467,6 dollar to‘langan.
Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 916 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 467,6 mln dollar to‘langan.
Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 239,1 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 759,8 mln dollar sarflangan.
Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 282,2 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 310,9 mln dollarga tushgan.
Mavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026