Bu haqda Science and Technology Daily naşri maʼlum qilgan, Global Times esa sinov tafsilotlari va mutaxassislar izohini keltirgan. Tizim AVIC aviatsiya korporatsiyasining işlab çiqariş texnologiyalari tadqiqot instituti tomonidan işlab çiqilgan.

Sinovda dronlar bir neça yönalişdan yaqinlaşib, himoya qilinayotgan şartli obyektga hujumni taqlid qilgan. Ular past balandlikda harakatlangani va guruhlar ketma-ket kelgani sababli, qurilmalarning murakkab havo vaziyatida işlaş imkoniyati tekşirilgan.

Harbiy mutaxassis Sun Çjunpinning tuşuntirişiça, lazer quroli nişonga jamlangan kuçli nur yordamida taʼsir körsatadi. Bunday tizimlar past uçadigan, sekin harakatlanadigan va kiçik ölçamli havo nişonlariga, jumladan dronlarga qarşi qöllanişi mumkin. Ular yaqin masofadagi havo hujumi va raketalarga qarşi mudofaani töldiruvçi vosita sifatida qaralmoqda.

Lazerning asosiy afzalliklaridan biri - nurning nişonga juda tez yetib borişi. U sekundiga qariyb 300 ming kilometr tezlikda tarqaladi. Havo mudofaasida qöllanadigan odatiy masofalarda nurning nişongaça boriş vaqti deyarli sezilmaydi.

Dronni işdan çiqariş uçun esa nurni unga maʼlum vaqt davomida aniq yönaltirib turiş talab etiladi. Şunda töplangan issiqlik apparatning taşqi qismi, elektronikasi yoki boşqa muhim qismlariga şikast yetkazişi mumkin. Qaysi turdagi nişonni zararsizlantiriş mumkinligi qurilmaning quvvatiga ham boğliq.

Buning uçun lazerning özi yetarli emas. Qurilma dronni öz vaqtida aniqlaydigan, harakatini kuzatadigan va nurni nişonga aniq yönaltiradigan boşqaruv tizimi bilan birga işlaşi kerak.

Işlab çiquvçilar oldidagi vazifalardan biri lazer nurini uzatiş va kuçaytirişda işlatiladigan maxsus optik tolalar sifatini yaxşilaş bölgan. Bular nurni ötkazadigan juda ingiçka tolalardir. Ularning tarkibiga nodir yer elementlari qöşiladi, tuzilişi esa oddiy aloqa tarmoqlaridagi optik tolalardan farq qiladi.

Şu sababli bunday tolalarni bir xil yuqori sifatda işlab çiqariş qiyin bölgan. Avval mutaxassislar işlab çiqariş jarayonidagi köplab körsatkiçlarni öz tajribasiga tayanib, qölda sozlagan. Hatto kiçik oğiş ham tayyor mahsulot sifatiga taʼsir qilişi mumkin edi.

Keyinçalik jamoa bir neçta körsatkiçni özaro muvofiqlaştirib boşqaradigan kompyuter tizimini joriy etgan. Naşr maʼlumotiga köra, bu işlab çiqariş samaradorligini oşirib, talabga javob beradigan tolalar uluşini köpaytirgan.