«Kuz faslining har bir oyida ÖzPFL 10 kundan muddatni milliy jamoaga berişiga töğri keladi. Demak, umumiy yana 30 kun davomida milliy çempionat öyinlarini ötkazişning iloji bölmaydi. Şundan kelib çiqib, ÖzPFL vaqtdan yutqazmaslik uçun Superliganing I davrasini markazlaştirilgan holda yakunlaşga qaror qildi. Rejaga köra, 3 avgustdan boşlab Superliga qayta tiklanadi hamda 15 avgust kuni I davra öz yakuniga yetadi. Yakşanbadan taşqari har kuni futbol uçraşuvlari ötkaziladi. Yakşanba kunlarida esa klublar umumiy tekşiruvdan ötkaziladi. 

Bunda har bir klub özi istiqomat qiladigan obektdan faqatgina maşğulot va öyin maydonlariga öz avtobusida safar etadi. Klublar qarorgohi talab etilgan kunlarda muntazam dezinfeksiya qilinadi. Har bir klub joy olgan obekt nazoratda bölib, delegatsiya oldiga begona kişilar qöyilmaydi. Ikki hafta davomida futbolçilar ham boşqa yumuş bilan taşqariga çiqarilmaydi», - deyiladi PFL rasmiy xabarida.

Şuningdek, ÖzPFL ÖFA yordamida hakamlar brigadalarini ham alohida obektda bölişlarini ta'minlaydi. Ular ham karantin qoidalariga töla amal qilişi ta'minlanadi. 15 avgustga qadar mamlakatdagi vaziyat yaxşilansa, Özbekiston kubogi uçraşuvlaridan boşlab uy-safar tizimiga qaytiladi. Bu qaror holatning qanday keçişidan kelib çiqib, qayta muhokama qilinadi. 

«Markazlaşgan musobaqada kuniga 3 tadan ortiq uçraşuv ötkazilmaydi. Bu holat nafaqat translatsiya huquqiga egalik qiluvçi Sport-TV uçun, balki boşqa OAV uçun ham qulaylik yaratadi. Quyida uçraşuvlar taqvimi bilan tanişiş imkoniyati bor. Qaysi uçraşuvning qaysi maydonda ötişi masalasiga ÖzPFL kelayotgan hafta aniqlik kiritadi», deyiladi manbada.

Superliga. 10-tur

3  avgust, duşanba

NASAF — SÖĞDIYoNA

BUNYoDKOR — MeTALLURG

OKMK — LOKOMOTIV

4 avgust, seşanba

QÖQON-1912 — PAXTAKOR

MAŞ'AL — ANDIJON

QIZILQUM — BUXORO

5 avgust, çorşanba

SURXON — NAVBAHOR
 
11-tur

6 avgust, payşanba

SÖĞDIYoNA — BUNYoDKOR

7 avgust, juma

PAXTAKOR — NASAF

ANDIJON — OKMK

LOKOMOTIV — QÖQON-1912

8 avgust, şanba

NAVBAHOR — MAŞ'AL

MeTALLURG — QIZILQUM

BUXORO — SURXON

 12-tur

10 avgust, duşanba

NASAF — BUNYoDKOR

QIZILQUM — SÖĞDIYoNA

PAXTAKOR —  LOKOMOTIV

11 avgust, seşanba

OKMK — NAVBAHOR

SURXON — MeTALLURG

QIZILQUM — SÖĞDIYoNA

12 avgust, çorşanba

MAŞ'AL — BUXORO
 
13-tur

13 avgust, payşanba

ANDIJON — PAXTAKOR

LOKOMOTIV — NASAF

14 avgust, juma

SÖĞDIYoNA — SURXON

NAVBAHOR — QÖQON-1912

BUNYoDKOR — QIZILQUM

15 avgust, şanba

BUXORO — OKMK

MeTALLURG — MAŞ'AL.

Qayd etilişiça, 3 avgustga qadar jamoalarda bugungi kundagi vaziyat haqida yetarliça xulosa çiqariş, kasallangan futbolçilarga ğamxörlik qiliş va ularni oyoqqa turğazişda imkoniyat böladi. 3 avgustdan boşlab esa ehtimoliy kasallanişi mumkin bölgan futbolçilar masalasi bilan şuğullaniş uçun SEOA yordamida alohida komissiya tuziladi. Bunda kasallangan futbolçi bilan yaqin muloqotda bölganlar tarixi örganiladi va ular belgilangan tartibda izolyatsiyaga olinadi. Futbolçilarga va klublar personallariga maşğulotlardan taşqari vaqtlarda bir-birlaridan masofa saqlaş tavsiya etiladi. Zero jamoaning keyingi natijalariga bu öz ta'sirini körsatadi. Har bir klub asosiy tarkibida 45 nafargaça futbolçi röyxatdan ötkazilganidan kelib çiqib, ehtimoliy kasallangan futbolçilar maydonga tuşa olmasa, ularning örni boşqa futbolçilar bilan töldiriladi. Ya'ni, karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan va intizomi kuçli bölgan klublar bundan tabiiyki yutadi. 

«ÖzPFL oson bölmagan davrda futbol klublarini bir yoqadan boş çiqarişga, öz işiga mas'uliyat bilan yondoşişga çaqiradi hamda futbol jamoatçiligiga salomatlik tilaydi», - deyiladi PFL xabarida.