Bu haqdagi sörovlar köplab şifoxonalardan tuşgan, şifokorlar epidemiya boşlanişi bilan niqoblarni takroran işlatiş imkoniyatini izlaşayotgan edi. Qoidaga köra, tibbiy niqoblarni 4 soat taqiş mumkin, söngra uni almaştiriş kerak. Natijada, köplab tibbiyot muassasalarida niqoblar yetişmovçiligi yuzaga keldi.

Massaçusets texnologiya instituti (MIT) va Bostondagi ayollar şifoxonasi tadqiqotçilari yangi iMASC silikon niqobni ixtiro qilişdi. Uni zararlanişdan qörqmasdan, köp marotaba takroran işlatiş mumkin, deb xabar berdi CNN.

Niqob N95 respiratoriga öxşab ketadi va aynan uning filtridan foydalanadi, şuningdek, samaradorlikda ham undan qolişmaydi. Asosiy farqi – silikon materialni sterilizatsiya qiliş mumkinligida. Işlatilgan niqob taşlab yubrilmaydi, balki sterilizatsiya qilinadi va oğizni himoya qiladigan filtrlari almaştiriladi.

Qayd qiliş joizki, N95 niqoblari eng samarali vositalardan biri hisoblanadi va 95 foiz zarralarni uşlab qolişga qodir. Ammo ular sterilizatsiya qilinmaydi va takroran işlatilmaydi.

Tadqiqotçilar iMASC niqoblarini sterilizatsiya qiliş uçun bir neça usullardan foydalanişdi. Niqob avtoklavda buğ bilan sterilizatsiya qilindi, duxovkaga qöyildi, oqartuv vositasi va izopropil spirtga solib körildi. Har bir sinovdan keyin silikon materialga heç qanday zarar yetmadi.

Endi MIT tadqiqotçilari niqobning yangi, virus zarralarini yanada samaraliroq uşlab qoluvçi turi ustida iş boşlaşni rejalaştirişmoqda.