Olingan ma'lumotlarga köra, samolyotga taşqi ta'sir bölgani tasdiqlangan.

«Ukraine International Airlines» aviakompaniyasiga tegişli bölgan va 8 yanvar kuni Eronda urib tuşirilgan samolyot bortidagi qora qutilarning ma'lumotlari rasşifrovka qilindi. Olingan ma'lumotlar samolyotga taşqi ta'sir bölganini tasdiqladi», - dedi Ukraina taşqi işlar vaziri örinbosari Yevgeniy Yenin.

«Endi kelasi haftada Eron bilan dastlabki muzokaralarni ötkazamiz», - deb qöşimça qildi mulozim.

«Ukraine International Airlines» aviakompaniyasining Boeing 737-800 yölovçi samolyoti Tehron – Kiyev yönalişida PS752 reysini amalga oşirişi lozim edi. 8 yanvar kuni erta tongda «Imom Humayniy» aeroportidan havoga kötarilgan avialayner raketalar bilan urib tuşirildi.

Samolyot bortidagi 167 yölovçi va 9 ekipaj a'zosining barçasi halok böldi. Eron hukumati 11 yanvar kuni avialayner harbiylarning xatosi tufayli urib tuşirilganini tan oldi.

Keyinçalik, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) aerokosmik kuçlari qömondoni Amir Ali Hojizoda samolyotning urib tuşirilişi bilan boğliq javobgarlikni öz zimmasiga oldi.