BBC xabariga köra, Buyuk Britaniya Ispaniyadan kelganlarni karantinga joylaştiriş haqida qaror qabul qilganidan söng, Madrid şu haqda bayonot berdi.

26 iyuldan boşlab Buyuk Britaniyada Ispaniyadan kelganlar uçun 14 kunlik karantin talabi kuçga kirdi. Bu heç qanday ogohlantirişsiz joriy qilindi, natijada köplab sayyohlar va yölovçi taşuvçi kompaniyalarni darğazab qildi.

Ispaniya Taşqi işlar vaziri mamlakat ispaniyaliklar va xorijliklar uçun xavfsiz ekanini ta'kidlamoqda. Ammo, karantin çeklovlari olib taşlanganidan söng, bu mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni ortmoqda. Ba'zi hududlarda karantin çoralari qaytarilmoqda, xususan, niqob taqiş majburiy qilinmoqda. 

Buyuk Britaniya Ispaniyadan kelayotganlarni karantinga joylaştiriş majburiyatini joriy qilganidan söng, bu mamlakatga aviareyslarni ham bekor qildi.

Ispaniyada bugungi kunga kelib koronavirus yuqtirib olganlar soni 272 mingdan oşgan, 29 mingga yaqini vafot etgan.