«Biz çuqur xafagarçilik bilan, 2020 yil 26 iyulda özining 94 yoşida Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, Özbekiston Davlat soliq xizmati rivojiga katta hissa qöşgan mehnat faxriysi Georgiy Fedoroviç Lyubimov vafot etganligi töğrisida xabar beramiz.
Georgiy Fedoroviç Lyubimov mamlakatimiz mustaqilligining birinçi yillaridan boşlab, Davlat soliq xizmati xodimlarini işga tanlaş va joylaştirişni amalga oşirdi. Georgiy Fedoroviç ön yil davomida DSQ kadrlar va ularni qayta tayyorlaş bölimini boşqargan.
Davlat soliq qömitasi Georgiy Fedoroviç Lyubimovning oilasi va döstlariga çuqur ta'ziya izhor etadi», - deyiladi xabarda.












