2020 yilning yanvar-iyun oylarida 74,6 mingta ölim qayd etilgan bölib, mos ravişda 1000 aholiga nisbatan ölim koeffitsiyenti 4,4 promilleni taşkil etdi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, ölim holatlari 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega tuşganligi (2019 yilning yanvar-iyun oylarida 4,5 promille bölgan) kuzatildi.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan ölim holatining 59,3 foizi qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 9,5 foizi ösimtalardan, 4,9 foizi ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan, 4,8 foizi baxsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 4,7 foizi nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 1,3 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 15,5 foizi boşqa kasalliklardan vafot etgan.
Röyxatga olingan 1 yoşgaça vafot etgan bolalar soni 4,1 ming nafarni taşkil etib, ularning 52,7 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 22,3 foizi nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 10,7 foizi tuğma anomaliyalardan, 3,6 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 1,9 foizi baxsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 0,6 foizi ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan va 8,2 foizi boşqa kasalliklardan vafot etgan.









