Viktor Gyugoning «Klod Gyo» asarida aynan şu masala - inson taqdiri, ijtimoiy tengsizlik va davlatning jazolaş tizimi orqali oçib beriladi. Bugun 5 daqiqaʼda uşbu asarni şarhlaşni maqsad qildik.

Voqealar Parijda yaşaydigan Klod Gyo ismli işçi taqdiri bilan boşlanadi. U aqlli, uddaburon, mehnatkaş yigit. Savodi bölmasa-da, fikrlaş qobiliyati, mulohaza yuritiş layoqati bor. U qiş kunlarining birida işsiz qoladi. Uyida non ham, ötin ham tugaydi. Oilasi oçlik va sovuqdan azob çeka boşlaydi. Klod farzandi va ayolining qornini töydiriş uçun öğrilik qiladi. Natijada ular bir neça kun töq va issiq uyda yaşaşadi, Klod esa beş yilga qamaladi.

Klod qamoqxonadagi ustaxonada işlay boşlaydi. Uning aqli, salobati va işbilarmonligi boşqa mahbuslarni öziga jalb qiladi. Oradan köp ötmay, mahbuslar uning maslahatiga quloq tutadigan, hurmat qiladigan bölişadi. Qiziği, qamoqxonada boş nozir ham mahbuslarni boşqarişda Klodning taʼsiridan foydalanadi. Ammo aynan şu holat unda hasad va nafrat uyğotadi.

Bu orada Klodning hayotida yana bir muhim inson paydo böladi. Alben ismli yoş mahbus undan ovqatini bölişib yeyişni söraydi. Klod dastlab hayratlanadi, keyin xursand böladi. Çunki qamoqxonada beriladigan ovqat uning qornini töydirmasdi. Şu oddiy mehr bu ikki insonni bir-biriga boğlaydi.

Boş nozir ularni bir-biridan ajratişga qaror qiladi. Buning sababini tuşuntirmaydi ham. Klodning qayta-qayta qilingan iltimoslarini inobatga olmaydi. Uning «Nega meni Albendan judo qilyapsiz?» degan savoliga boşliq faqat «Şunga», deb javob beradi.

Mana şu qisqa javob asardagi eng oğir manzaralardan biri. Çunki bir insonning taqdiri, uning hissiyotlari va ehtiyojlari mansabdor şaxsning tuşuntirişni ham lozim topmagan qaroriga boğlanib qolgan edi.

Klod avval iltimos qilgan bölsa, keyin ogohlantiradi. U boşliqqa öylab körişi uçun ön kun muhlat beradi. Ammo uning talablari yana rad etiladi. Nihoyat, Klod boş nozirni öldirişga qaror qiladi.

Boş nozir ustaxonaga kirganida Klod yana bir bor Albenni qaytarişni söraydi. U hatto yaxşi işlaşga vaʼda beradi, özining qamoqxonadagi oğir ahvolini tuşuntirişga urinadi. Ammo boşliq yana avvalgi javobini takrorlaydi. Şu payt Klod uni bolta bilan öldiradi. Keyin öz joniga qasd qilişga urinadi, ammo tirik qoladi.

Klod sudda boş nozirning yillar davomidagi kamsitişlari, sevgan ayoli va farzandi haqida aytgan haqoratlari, Albendan judo qilgani va uning iltijolariga quloq tutmaganini bayon qiladi. Klod qilmişining masʼuliyatini öz zimmasiga oladi, ammo davlatning öz fuqarolari oldida masʼuliyati borligini eslatadi.