Germaniya soğliqni saqlaş tizimi vakillari oxirgi ikki hafta davomida kasallaniş holatlari ösganligidan jiddiy taşvişda ekanligini bildirdi.

Yevropa mamlakatlari koronavirusning ikkinçi tölqiniga tayyorgarlik köra boşladi va ayrim çeklovlarni qaytariş ehtimolini körib çiqmoqda, deb yozadi The Guardian.

"Yevropa koronavirusning ikkinçi töqiniga tayyorlanmoqda. Yangi kasallanişlar çeklov çoralarini qaytadan kiritiş ehtimolini kuçaytirmoqda", - deb yozadi gazeta.

Masalan, Kataloniya hukumati agarda 10 kun içida koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat nazorat ostiga olinmasa, ayrim "lokdaun" çoralari qayta joriy etilişini ma'lum qildi. Keyingi ikki haftada Kataloniyada qariyb 8 mingta yangi zararlaniş holatlari qayd etildi. 

Germaniya soğliqni saqlaş tizimi vakillari oxirgi ikki hafta davomida kasallaniş holatlari ösganligidan jiddiy taşvişda ekanligini bildirdi. Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Yyens Şpan noxuş vaziyat hukm surayotgan hududlarda bölgan barça koronavirusga majburiy test topşirişini aytdi.

Fransiya soğliqni saqlaş vazirligi yoşlar orasida kasallaniş holatlari keskin ösganidan söng ehtiyotkorlikka çaqirdi. Yoşlar niqob taqiş, qöllarni tez-tez yuviş va ijtimoiy masofa saqlaşga çaqirilmoqda.

Gretsiyada nafaqat supermarketlarda, balki barça yopiq joylarda niqob taqişni majburiy etiş rejalaştirilmoqda. 

Belgiya ham mamlakatda ikkinçi "töliq lokdaun" joriy etilişi mumkinligini istisno etmadi. Milliy xavfsizlik kengaşi olti soatlik munozaralardan söng pandemiyaga qarşi kiritilgan çoralarni qisman qat'iylaştirişga qaror qildi. Boş vazir Sofi Vilmes epidemiologik ma'lumotlar xavotirli ekanligini aytdi.