Prezidentning “Farğona viloyatida suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi va Farğona viloyati hokimligining Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan “Farğona viloyatida suvdan samarali foydalaniş darajasini oşiriş jamğarmasi”ni taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.

Belgilab qöyilişiça:

Jamğarma mablağlari Farğona viloyatida irrigatsiya tizimlaridagi yöqotişlarni kamaytiriş, suv xöjaligi irrigatsiya obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş, ularni ta'mirlaş-tiklaş, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qiliş, suv xöjaligi obektlarida boşqaruv tizimlarini avtomatlaştiriş tadbirlariga yönaltiriladi;

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Farğona viloyati hokimligi bilan birgalikda belgilangan tadbirlar böyiça bajarilişi lozim bölgan işlarni aniqlaydi va manzilli dasturlarni işlab çiqadi. Mazkur manzilli dasturlar Özbekiston Respublikasi Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hamda Farğona viloyati hokimligining Jamğarmaga Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan 25 million AQŞ dollari ekvivalentida sömda kredit ajratiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Mazkur kredit Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligiga 3 yil muddatga, şu jumladan, 1 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR + 3 foizda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarning manzilli röyxatlariga muvofiq bosqiçma-bosqiç ajratiladi.

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi qarz oluvçi hamda Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan ajratiladigan kreditdan maqsadli va samarali foydalaniş uçun mas'ul bölgan ijro etuvçi organ hisoblanadi.

Kreditning asosiy qarz qismi va foiz tölovlari Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligining Farğona viloyatida joylaşgan tizim taşkilotlarini saqlaş uçun har yili viloyat mahalliy budjetidan ajratiladigan mablağlarni maqbullaştiriş hisobiga iqtisod qilingan mablağ hisobidan qoplanadi.