Yevropa böylab sayohat qilayotgan yölovçilar samolyot borti va aeroportlarda niqob taqişi şart böladi, deb xabar berdi Lonelyplanet.
Niqob yöq – parvoz yöq. Yevropa Ittifoqi mulozimlari şunday qarorga kelişdi.
Germaniya transport vaziri Andreas Şoyyer sözlariga köra, Yevroittifoqning turli mamlakatlari vakillari yagona standartlar haqida kelişuvga erişişdi. Endi uni vazirlar ma'qullaşi lozim.
«Dunyoning köplab mamlakatlarida epidemiyaning ikkinçi tölqini boşlanmoqda. Şu tufayli, niqob taqiş barça yölovçilar uçun majburiy böladi. Bu «nafas etiketi» deb nomlanadi», - dedi Şoyyer.
Şuningdek, mulozimlar aviakompaniyalar samolyotlarni tez-tez dezinfeksiya qilib borişi va yölovçilar örtasidagi xavfsiz masofani ta'minlaydigan yöriqnomalarga amal qilişi lozimligi haqidagi fikrda ham yakdil bölişdi.












