Boş vazir örinbosari, respublika maxsus komissiyasi a'zosi Behzod Musayev «Özbekiston 24»ga bergan intervyusida qat'iy karantin davrida tibbiyot muassasalarini jihozlaş, ularning sonini köpaytiriş va aholiga tezlik bilan tibbiy xizmat körsatiş işlari amalga oşirilayotganini ma'lum qildi.

https://vk.com/video_ext.php?oid=422902537&id=456239047&hash=f277499c7d8a969e&hd=1

Behzod Musayev Zangiota köp tarmoqli yuqumli kasalliklari şifoxonasi haqida töxtalib ötib, kompleks koronavirusga çalingan va statsionar şaroitda davolanişga muhtoj bemorlarni davolaşga ixtisoslaşişini ma'lum qildi.

«Zangiota kompleksida jami 3500 bemorni davolaş uçun zudlik bilan şaroit yaratiş işlari amalga oşirilmoqda. Bu yerda bemorlar kislorod bilan yetarliça ta'minlanadi, har 100 bemorga özlarining davolovçi şifokoridan taşqari tibbiyot sohasida yuqori malakaga ega bölgan bir nafar şifokor biriktiriladi. Ular tibbiyot fanlari doktorlari, fan nomzodlari rektor va prorektorlar bölişi mumkin.

Bu tajriba nafaqat Zangiota kompleksida, balki respublikaning barça hududlaridagi koronavirus şifoxonalarida tatbiq etiladi, ya'ni davolanayotgan har 100 nafar bemorga bir nafar nufuzli tibbiyot xodimi biriktiriladi», dedi u.

Boş vazir örinbosari Zangiota kompleksida havo almaşiş tizimi töğri yölga qöyilgani uçun 14 kunlik xizmat davomida biror tibbiyot xodimi koronavirus bilan zararlanmaganini ma'lum qildi.

Şuningdek, maxsus komissiya a'zosi joriy yilgi Qurbon hayiti bayramining karantin çeklovlariga amal qilgan holda nişonlanişi lozimligini ta'kidladi.

«Urf-odatlarimizga köra, hayit bayramida qarindoşlarni yöqlaş, turli yiğinlar ötkaziş, ma'rakalar ötkaziş amallari bajariladi. Lekin hozir bu kabi tadbirlardan çeklanib turişni tavsiya qilmoqdamiz.

Sababi, bir tomondan karantin kuçaytirilib, davlat xalqiga yordam beriş uçun tibbiyot muassasalari va tibbiyot xodimlarini köpaytirayotgan bir paytda kasallar soni köpayib ketadigan bölsa, heç qanday tibbiyot muassasasi ularni davolaş imkoniga ega bölmay qoladi. Şuning uçun ham bu yilgi Qurbon hayitini oilaviy nişonlaş tavsiya etilmoqda», dedi maxsus komissiya a'zosi.