AOKA huzuridagi ştabda Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov iştirokida brifing ötkazildi. Brifingda aholidan tuşgan eng muhim savollarga javob qaytarildi.
Şohrux Ğiyosov koronavirusdan uy şaroitida davolanayotgan bemorlarni kimdir nazorat qilişi borasidagi savolga javob berdi.
Qayd etilişiça, koronavirusga çalingan uy şaroitida davolanayotgan bemor va u bilan muloqotda bölganlarga ulardan kelib tuşgan murojaatlar asosida, ularning öz mablağlari hisobidan ehtiyoji uçun zarur bölgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini xonadonga karantin qoidalariga rioya qilgan holda olib kelinadi.
“Şu jumladan profilaktika inspektoriga quyidagi işlarni bajariş vazifasi yuklatilgan, ya'ni:
har kuni belgilangan vaqtlarda ma'muriy hududida joylaşgan karantinga olingan xonadonlarni örganib çiqadi;
mahalla fuqarolar yiğini raisi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda karantinga olingan xonadonlarga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan işlab çiqilgan eslatma varaqasini tarqatadi;
kun davomida zarurat bölganda karantinga olingan xonadon egasi bilan telefon orqali boğlanib vaziyatni örganib boradi”, - dedi IIV vakili.













