Eskimoslar – şimoliy ölkalarda yaşovçi, taşqi olam bilan aloqalari juda sust bölgan, heç kimnikiga öxşamaydigan hayot tarzi va odatlariga ega kam sonli millat.

Eskimoslar Grenlandiya oroli, Kanadaning Nunavut hududi, Alyaska oroli va Çukotka yarimorolida istiqomat qilişadi.

Eskimos sözi hindu tilidagi «eskimansig» sözidan kelib çiqqan bölib, «xom baliq iste'mol qiluvçi odam» degan ma'noni ifodalaydi. Bu millat vakillari eskaleut tilining turli dialektlarida sözlaşadi. Jami vakillari soni 170 ming kişi atrofida.

Eskimoslar bir neça oiladan iborat jamoalarga birlaşgan holda yaşaşadi. Asosan umumiy ov qurollaridan foydalanişadi va birga ov qilişadi. Ölja ham örtada taqsimlanadi, ovda jonbozlik körsatgan ovçining oilasi nisbatan köproq uluşga ega böladi.

Ular heç qanday boşqaruv şakllariga ega emas, barça masalalar özaro maslahat asosida hal qilinadi.

Ularning yaşaş joyi öta sovuq ölkalar bölgani bois eskimoslar tabiat şaroitlariga moslaşgan holda jon saqlaşga harakat qilişadi.

Jamoada erkaklar birgalikda ov qiliş va baliq tutiş bilan, ayollar esa olib kelingan göştni tayyorlaş, kiyim tikiş, bolalarni tarbiyalaş bilan şuğullanişadi.

Eskimoslarning turar joyi ham odmi va öziga xos. Grenlandiya eskimoslari havo harorati nisbatan iliq mavsumda buğu terisini tortib tayyorlangan çaylasimon uylarda, qişda esa qorni presslab tayyorlanadigan xona – igluda turişadi.

Çukotka, Daniya eskimoslari esa yoğoç, toş, loydan ham boşpana yasaşadi. Diametri örtaça 3-4 metrni taşkil qiladigan uy qismlarga bölinadi, har bir qismda bitta oila – örtaça 10-11 kişi istiqomat qiladi.

Boşpanada yotoqdan taşqari heç qanday jihoz yöq. Qahraton mavsumida bir igludan ikkinçiga ötiş uçun ular orasida tonnellar quriladi.

Ayollar ham, erkaklar ham deyarli bir xilda kiyinişadi – buğu terisidan qilingan, börsiq juni bilan işlov berilgan qalin pöstin. Pöstinga turli geometrik şakllar bilan naqş ham solinadi.

Eskimoslarning rözğor buyumlari ham unça köp emas – çodir, çana, qayiq, it uçun böyinboğ, idiş-tovoq, tikiş anjomlari. Ular uzoği bilan bir yil muddatga oziq-ovqat ğamlaşadi.

Bu sovuq ölkalarda urbanizatsiya kuzatila boşlanganda eskimoslar baliq mahsulotlarini qayta işlovçi zavodlar uçun yollanma işçi sifatida baliq tutiş bilan şuğullana boşlaşgan.

Eskimoslarning taomnomasi ham asosan şimoliy ölka jonivorlari – oq ayiq, tyulen, buğu, morj göştidan iborat. Qiziği, ular göştni xomlayin iste'mol qilişadi.

Butun atrof doimo sovuq bölgani uçun ularda dehqonçilik bilan şuğullaniş imkoni yöq. Yoğli göştning ratsionda köpligi ularga qahraton şaroitida yaşaşga imkon beradi. Tibbiy örganişlarga köra, eskimoslarda ösimliklar oqsili va vitaminlar yetişmovçiligi kuzatiladi.

Yevropoid kişilar bilan qöşniçilik natijasida eskimoslar orasida qisman nasroniylik tarqalgan bölsa-da, aksariyatining diniy qaraşlari şomonlik bilan boğliq.