Moskva şahri va Moskva oblastida höl qor, muzlamalar va kuçli şamol tufayli «ob-havo xavfining töqsariq rangli darajasi» (oxirgisidan oldingi) e’lon qilingan. Hududda ob-havo 26 aprel kuni keçqurun yomonlaşa boşlagan va duşanba tongida qor yoğgan. Moskva şahrida oylik normaning yarmi bir neça soat içida yoğib ulgurgan. Gidrometeorologiya markazi 27 aprel kuni oxirigaça Rossiya poytaxtiga 10 millimetrgaça yoğin tuşişini prognoz qilgan. Sinoptiklar qor yoğişi kuçayişini kutişmoqda. Noqulay ob-havo şaroiti tufayli Moskva şahri va Moskva oblastida 200 ga yaqin daraxt qulab, avtomobillarga va quvurlarga şikast yetkazgan. Moskva oblastining bir neça okruglarida elektr öçişi kuzatilgan. Daraxtlar yiqilişi oqibatida Moskvada avtobuslar marşrutlari özgartirilgan. Xuddi şu sababga köra metroning Arbat-Pokrovskoy liniyasida ertalab «Partizanskaya» va «Şçelkovskaya» bekatlari oraliğida poyezdlar qatnovi töxtatilgan. Tunda esa Vnukovo aeroportida bir qança reyslar keçiktirilgan, şuningdek Moskvaga keluvçi poyezdlar ikki soat keçikib yurgan. Hudud aholisi yöllardagi avariyalar haqida xabar bermoqda. Quyida aprel oyidagi qor tufayli Moskvada yuzaga kelgan manzaralar aks etgan suratlar keltiriladi.

Maksim Blinov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Artem Geodakyan / TASS / Profimedia
Sergey Fadeyçev / TASS / Profimedia
Vladimir Fedorenko / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Sergey Fadeyçev / TASS / Profimedia
Foto: Mixail Voskresenskiy/RIA Novosti
Foto: Mixail Voskresenskiy/RIA Novosti