Eʼlon qilingan oylik prognozga köra, 2026-yil noyabrda örtaça havo harorati iqlim meyori atrofida, baʼzi joylarda esa undan 1–1,5 daraja yuqori böladi.
Birinçi ön kunlikda havo iliq böladi
Oyning dastlabki ön kunligida harorat asosan:
keçalari 5–10 daraja iliq;
kunduzlari 17–22 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
Ikkinçi va uçinçi ön kunliklarda harorat foni pasayadi. Keçalari harorat 3–8 daraja iliqdan 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqqaça, kunduzlari esa 15–20 daraja iliqdan 5–10 daraja iliqqaça özgarib turadi.
Qor yoğişi ham istisno etilmayapti
Noyabrning ayrim kunlarida asosan yomğir körinişida yoğingarçilik bölişi mumkin. Havo sovigan davrlarda yomğirning qisqa muddatga qorga aylanişi ham istisno qilinmagan.
Oylik yoğingarçilik miqdori meyor atrofida, baʼzi joylarda esa meyordan kam bölişi prognoz qilinmoqda.
Noyabr odatda qanday ötadi?
Köp yillik iqlim maʼlumotlariga köra, noyabrda örtaça havo harorati oktabrga nisbatan 6–7 daraja, şimol va çöl hududlarida esa 8–9 daraja past böladi. Şimoldan va şimoli-ğarbdan sovuq havo kirib kelişi kuçayib, iliq davrlar keskin sovişlar bilan almaşişi mumkin.
Kuzatuvlar tarixida 2023-yil noyabri Özbekistondagi eng iliq noyabr bölgan. Öşanda örtaça oylik harorat iqlim meyoridan 3–6 daraja yuqori qayd etilgan.
2011-yil noyabri esa mamlakatning katta qismida rekord darajada seryoğin kelgan. Masalan, Toşkentda oylik meyor 51 millimetr bölgani holda, 167 millimetr yoğingarçilik kuzatilgan.
Bu tarixiy körsatkiçlar noyabr ob-havosining özgaruvçanligini aks ettiradi; joriy yil uçun prognozda esa haroratning meyor atrofida yoki biroz yuqori bölişi kutilmoqda.

















