Saudiya Arabistoni podşohi, 84 yoşli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud öt pufagida jarrohlik operatsiyasini ötkazgaç, Ar-Riyoddagi şifoxonadan soğayib çiqdi. Bu haqda podşohlik taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.
Podşoh 20 iyulda öt pufagi yalliğlanişi bilan şifoxonaga yotqizilgandi.
“Saudiya Arabistoni podşohi öt pufagini olib taşlaş böyiça muvaffaqiyatli laparoskopik operatsiyadan keyin soğaygaç şifoxonani tark etmoqda”, deyilgan vazirlik xabarida.
Avvalroq podşohning betobligi sababli Iroq boş vaziri Mustafo al-Kozimiy Ar-Riyodga safarini bekor qilişiga töğri kelgandi. Saudiya Arabistoniga safar al-Kozimiyning Iroq boş vaziri sifatida ilk xorijiy safari böliş kerak edi. Ar-Riyoddagi muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqadagi dolzarb muammolarni muhokama qiliş rejalaştirilgandi.












