Facebook Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning 12 nafar asosiy tarafdorlarining sahifalarini bloklaşga majbur böldi. Uşbu odamlar sudyalar haqida yolğon xabarlarni tarqatişda ayblangan.
May oyida Braziliya sudi feysbukdagi 12 ta va tvitterdagi 16 ta profilni bloklaş haqida qaror çiqargan.
Sahifalari bloklangan kişilar orasida Braziliya prezidenti partiyasi rahbari Robertu Jyefferson va braziliyalik taniqli tadbirkor Lusianu Xang bor.
Avvalroq Facebook sudning uşbu qarorini bajarişdan boş tortgan. Kompaniya rahbariyati buni söz erkinligiga tahdid deb atagan va u böyiça sudga şikoyat qilişini aytgan.
31 iyulda Braziliya oliy sudi Facebook’ni körsatilgan sahifalarni butun dunyo böylab bloklaşdan boş tortayotgani uçun jarimaga tortgan. Hozirda uşbu sahifalarga Braziliyadagina kiriş tösilgan. Facebook’ga solingan jarima 1,92 mln realni (367 ming dollar atrofida) taşkil qilgan. Ta'kidlanişiça, jarima miqdori qarorni bajarmaganlik uçun har kuni 100 ming realga oşib boradi.
Hozirça Twitter’ning Bolsonaru tarafdorlari sahifalarini bloklagani yoki yöqligi haqida ma'lumot yöq.
Facebook iyulda Braziliyada feysbuk va instagramda bir neça önlab sahifalarni bloklab qöygandi. Kompaniya buni akkauntlar egalari soxta nomlardan foydalanib, özlarini jurnalistlar va OAV vakillari qilib körsatgani bilan tuşuntirgan. Ta'kidlanişiça, göyoki bu sahifalar Bolsonaru ma'muriyati xodimlari, uning öğillari Eduardu va Flaviu bilan boğliq bölgan.












