Braziliya Oliy sudi davlat töntarişini tayyorlaşda ayblanib, 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq prezident Jair Bolsonaruni hibsga olişga qaror qildi, deb xabar berdi Associated Press sobiq prezident yordamçisi Andriyeli Çirinoga tayanib.

Bolsonaru avgust oyidan beri uy qamoğida edi. Yordamçining sözlariga köra, u bugun ertalab hibsga olingan va Braziliyadagi federal politsiya boş qarorgohiga olib ketilgan.

Sud qarorida hibsga oliş «sobiq prezidentning qadr-qimmatiga töliq hurmat bilan, kişansiz va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmasdan amalga oşirilişi kerakligi» körsatilgan.

Bolsonaruning advokati Reuters naşriga hibsga oliş sabablarini tuşuntirmadi. Vaziyatdan xabardor manba uni uy qamoği şartlari buzilgani uçun «profilaktik çora» deb atadi.

Prokuratura ma’lumotlariga köra, sobiq prezident saylovda öz raqibi, amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silvaga xalaqit berişga uringan.