Qömitaning ta'kidlaşiça, dunyodagi vaziyat murakkabligiça qolmoqda.
JSST favqulodda qömitasi koronavirus pandemiyasi hali uzoq davom etişini taxmin qilmoqda. Bu haqda taşkilot bayonotida ma'lum qilindi.
Qömitaning ta'kidlaşiça, dunyodagi vaziyat murakkabligiça qolmoqda. Taşkilot mamlakatlarning infeksiyaga qarşi kuraşdagi çoralari muhimligini bildirdi va yoşlarni kasallik tarqalişining oldini olişga çaqirdi.
JSST favqulodda qömitasi pandemiya bilan boğliq vaziyatga yana 3 oydan söng baho beradi.
Ma'lumotlarga köra, dunyo böyiça koronavirus yuqtirganlar soni 17,5 milliondan oşgan. Pandemiya 188ta mamlakatni qamrab olgan.













