AQŞ, Portugaliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada yuzlab kişilar poçta orqali içida uruğlar bölgan paketlar olişdi. Ular Xitoydan jönatilgan, deb xabar bermoqda The Guardian.
Kiçik şaffof paketçalardan qora va oq uruğlar çiqqan. Jönatmalar ustiga esa ularning öyinçoq yoki bijuteriya ekanligi, oluvçilarning aniq manzili va ism-şarifi yozilgan.
Birgina Floridada 600dan ortiq kişi ana şunday jönatma olgan, bunday holatlar 12ta ştatda sodir bölgan. Buyuk Britaniyada ham yuzdan ortiq kişi ana şunday jönatma olgan, bundan taşqari, Yangi Zelandiya va Portugaliyada ham Xitoydan poçta orqali uruğ kelişi holatlari qayd etilgan.
AQŞ va Buyuk Britaniya bu borada suriştiruv boşlagan.
Xitoy hukumati poçta stikerlari qalbaki ekanligini bildirgan va tekşiruv ötkaziş uçun AQŞ poçta xizmatidan uşbu jönatmalarni berişini söragan.












