AQŞda 3 noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlari öz vaqtida ötkaziladi. Bu haqda Oq uy apparat rahbari Mark Medouz ma'lum qildi.
«Prezident saylovni keçiktiriş haqida öylamayapti. Agar ovoz berişni poçta orqali amalga oşirsak, keçikiş ana şunda böladi. Çunki tizim bunga tayyor emas. Saylov aniq 3 noyabr kuni ötadi va prezident unda ğolib bölmoqçi», deb Oq uy apparat rahbarining sözlarini keltirmoqda The Hill.
30 iyul kuni Donald Tramp tvitterdagi sahifasida saylovni qoldiriş haqida yozgandi. Prezident saylovni qoldiriş kerak deb oçiq aytmagandi. U poçta orqali ovoz beriş halokatli oqibatlarga olib kelişi mumkinligini aytib, «Balki saylovni odamlar xavfsiz ovoz bera oladigan vaqtgaça qoldiriş kerakdir?», deb yozgandi.
Trampning saylovdagi asosiy raqibi, demokratlar vakili Jo Bayden bir neça oy oldin koronavirus pandemiyasi fonida reytingi tuşib ketayotgan prezident saylovni keçiktiriş haqida gapirişini aytgandi. Uning fikriça, Tramp saylovda yutqazişdan qörqmoqda.












